Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

MDH va YeOIIda eng kerakli mutaxassisliklar qaysi — ekspertlar javobi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishStudenti u elektronnogo mikroskopa v nauchno-obrazovatelnom sentre "Nanotexnologii" Rossiyskogo universiteta drujbi narodov.
Studenti u elektronnogo mikroskopa v nauchno-obrazovatelnom sentre Nanotexnologii Rossiyskogo universiteta drujbi narodov. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.11.2023
Obuna bo‘lish
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida o‘tkaziladigan videoko‘prikda YeOII yagona mehnat bozori uchun kadrlar tayyorlash sohasida nimalar yuz berayotgani haqida ma’lumot berildi.
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Talabalar Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) xalqaro loyihalarida ishlashga qiziqish bildirmoqda. Bu haqida Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida bo‘lib o‘tgan videoko‘prikda ma’lum qilindi.
Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti dekani Inna Andronovaning so‘zlariga ko‘ra, MDH Tarmoq universiteti doirasida tabiiy fanlar, dasturlash va iqtisod yo‘nalishining xalqaro savdo mutaxassisligiga talab yuqori.

“MDH Tarmoq universiteti doirasida tabiiy fanlar, dasturlash, shuningdek, iqtisod yo‘nalishining xalqaro savdo mutaxassisligiga ham talab katta. Bunday mutaxassislar ko‘p hollarda YeOII xalqaro loyihalarida ishlashni istayli. Talabalarimiz uchun bu muhim”, — dedi u.

Talabalar, ko‘p hollarda, YeOII xalqaro loyihalarida ishlashga qiziqish bildirmoqda.
Onlayn kadrlar yollash platformalari O‘zbekistonga nima beradi? Bu savolga Rossiya Moliya universiteti dekani Pavel Seleznyov quyidagicha javob berdi.

“Bizning oliy ta’limda malakali kadrlar, jumladan, professor-o‘qituvchilar yetishmaydi. Onlayn kadrlar yollash platformalari bizga imkoniyatlarimizni birlashtirish, har bir ishtirokchining eng ilg‘or bilimlaridan foydalanish imkonini beradi. Bu ishning kelajagi porloq, O‘zbekiston ham o‘ziga kerakli kompetensiyalarni topishi va ilg‘or bo‘lgan sohalarda umumiy ishga o‘z hissasini qo‘shishi mumkin. Oxir-oqibat bu barchaga foyda keltiradi”, — deya qayd etdi u.

Ma’lumot uchun, kasb-hunar ta’limi sohasidagi hamkorlik Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasining 2025 yilgacha bo‘lgan strategik yo‘nalishlari ro‘yxatiga kiritilgan.
Mintaqani rivojlantirish mexanizmlaridan biri Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi shafeligida Yevroosiyo tarmoq universitetini tashkil etish bo‘lib, u YeOII yagona mehnat bozori uchun talab qilinadigan mutaxassisliklar bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlashi kerak.
Yangiliklar lentasi
0