Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Biznes YeOII investitsiya faolligi sur’atlarini oshirishga yordam beradi

© Fotoxost-agentstvo RIA Novosti / Mediabankka o‘tishForum YeAES-2023. Arxivnoe foto
Forum YeAES-2023. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.11.2023
Obuna bo‘lish
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Hay’ati raisi biznes hamjamiyatni loyiha ishlarida, ayniqsa, yuqori texnologiyali sohalarda faolroq ishtirok etishga chaqirdi.
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Jahon iqtisodiyotida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) ulushining o‘sishi yetarli darajada emas, bu investitsiya faolligining past sur’atlari bilan bog‘liq. Bu haqida Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) hay’ati raisi Mixail Masnikovich ma’lum qildi, deya xabar berdi komissiyasi matbuot xizmati.
YeOII mavjud bo‘lgan 8-yil davomida xarid qobiliyati pariteti bo‘yicha aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot 22,8 ming dollardan 33,6 ming dollargacha yoki qariyb 1,5 baravarga oshdi. Taqqoslash uchun, o‘tgan yili aholi jon boshiga jahon yalpi ichki mahsuloti o‘rtacha 20,6 ming dollarni tashkil qilgan.
“Yomon emas, lekin Ittifoqning jahon iqtisodiyotidagi ulushi sezilarli darajada oshmadi. Buning asosiy sababi, menimcha, investitsiya faolligining yetarli darajada emasligidir”, – dedi u Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan YeIK va YeOII Ishbilarmonlar kengashining o‘zaro hamkorligi bo‘yicha maslahat kengashining 8-yig‘ilishida.
Masnikovich, shuningdek, YeOII davlat rahbarlari investitsiya hajmini ikki baravar oshirish vazifasini qo‘ygani va buni biznes yordamisiz amalga oshirib bo‘lmasligini qo‘shimcha qildi.
U kelgusi yilda hamkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun Ittifoq budjetidan qariyb 20 million dollar ajratish rejalashtirilganini ta’kidladi va ishbilarmon doiralarni loyiha ishlarida, ayniqsa, yuqori texnologiyali sohalarda faolroq ishtirok etishga chaqirdi.
Bundan tashqari, YeIK hay’ati rahbari biznesga kelgusidagi ishlar uchun yaxshi signal berilayotganiga e’tibor qaratdi – yil oxiriga qadar YeOII ning 2030-yilgacha va 2045-yilgacha bo‘lgan davr uchun rivojlanish deklaratsiyasini tasdiqlash kutilmoqda.
“Bu juda aniq hujjat bo‘lib, o‘zaro ishonchsizlik masalalarini hal qiladi. Shu bois o‘zaro savdoda joriy etilayotgan tarifsiz cheklovlar minimallashtiriladi, deb o‘ylayman”, — dedi u.
Uchrashuv ishtirokchilari uchinchi davlatlar hamkorlari bilan aloqalarni kengaytirish istiqbollarini ham muhokama qilishdi, xususan, O‘zbekiston bilan hamkorlikka e’tibor qaratishdi.
Logotip Organizatsii ekonomicheskogo sotrudnichestva i razvitiya . Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.11.2023
Jahon YaIMning o‘sishi sekinlashishi kutilmoqda — IHTT
Yangiliklar lentasi
0