https://oz.sputniknews.uz/20231129/mirziyoev-putin-telefon-muloqot-41309671.html
Mirziyoyev va Putin telefon orqali muloqot qildi — muhokama etilgan masalalar
Mirziyoyev va Putin telefon orqali muloqot qildi — muhokama etilgan masalalar
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari telefon orqali ikki tomonlama hamkorlikni muhokama qildi.
2023-11-29T16:41+0500
2023-11-29T16:41+0500
2023-11-29T16:41+0500
siyosat
o‘zbekiston
rossiya
vladimir putin
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/0a/27005145_0:54:1281:774_1920x0_80_0_0_5b7343d1f18f981b386e27bca4a8e482.jpg
TOShKENT, 29 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.Ikki tomonlama munosabatlar kun tartibidagi dolzarb masalalar, shu jumladan joriy yil 5-7 oktabr kunlaridagi Rossiyaga oliy darajali tashrif chog‘ida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi ko‘rib chiqildi.Qayd etilishicha, o‘zaro tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlarining o‘sish sur’ati saqlanmoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda, hududlararo aloqalar rivojlanmoqda. Kuni kecha Jizzax viloyatida birgalikda tashkil etilgan yirik agrologistika majmuasi ishga tushirildi.O‘zbekiston va Rossiya rahbarlari madaniy-gumanitar almashinuv faol kechayotgani hamda sog‘liqni saqlash sohasida dasturlar amalga oshirilayotganini ham olqishlashdi.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-7 oktabr kunlari Rossiyaga rasmiy tashrifi amalga oshirilgandi. Unda Mirziyoyev yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston va Rossiya savdo-sotig‘i jajmi 12 milliard dollarga yetishi, munosabatlar hajmida yiliga o‘rtacha 20% o‘sishi kuzatilayotganini ma’lum qilgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/0a/27005145_92:0:1169:808_1920x0_80_0_0_7380b9f1094c9af89b22f35a52a557bc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mirziyoyev putin telefon orqali muloqot
mirziyoyev putin telefon orqali muloqot
Mirziyoyev va Putin telefon orqali muloqot qildi — muhokama etilgan masalalar
O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari telefon orqali ikki tomonlama hamkorlikni muhokama qildi.
TOShKENT, 29 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi davlat rahbari
matbuot xizmati. Ikki tomonlama munosabatlar kun tartibidagi dolzarb masalalar, shu jumladan joriy yil 5-7 oktabr kunlaridagi Rossiyaga oliy darajali tashrif chog‘ida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi ko‘rib chiqildi.
"Yetakchilar O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil rivojlanib, ko‘p qirrali hamkorlik kengayib borayotganini qayd etdilar", — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, o‘zaro tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlarining o‘sish sur’ati saqlanmoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda, hududlararo aloqalar rivojlanmoqda. Kuni kecha Jizzax viloyatida birgalikda tashkil etilgan yirik agrologistika majmuasi ishga tushirildi.
O‘zbekiston va Rossiya rahbarlari madaniy-gumanitar almashinuv faol kechayotgani hamda sog‘liqni saqlash sohasida dasturlar amalga oshirilayotganini ham olqishlashdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-7 oktabr kunlari Rossiyaga rasmiy tashrifi amalga oshirilgandi. Unda Mirziyoyev yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston va Rossiya savdo-sotig‘i jajmi 12 milliard dollarga yetishi, munosabatlar hajmida yiliga o‘rtacha 20% o‘sishi kuzatilayotganini
ma’lum qilgan.