Rossiya fuqaroligini olishni osonlashtiruvchi kasblar ro‘yxati yangilandi

© Sputnik / Aleksey MayshevRossiyskie pasporta, arxivnoe foto
Rossiyskie pasporta, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.11.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Federatsiyasi Mehnat vazirligi mutaxassislar yetishmaydigan kasblar ro‘yxatini kengaytirdi.
TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Rossiya fuqaroligini olishni osonlashtiradigan kasblarning yangilangan ro‘yxati 15-dekabrdan kuchga kiradi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti (RUDN) iqtisod fakulteti dotsenti Andrey Girinskiyga tayangan holda xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ro‘yxatni kadrlar yetishmaydigan kasblar bilan kengaytirgan. Ro‘yxatga o‘qituvchilar, shifokorlar, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati xodimlari ham kiritilgan.
Undan tashqari, muhandislar, geologiya-qidiruv, qurilish va ishlab chiqarish sohalaridagi mutaxassislar, shuningdek, IT-kasblari kiritilgan. Shu bilan birga, ishchilar soni keskin taqchil bo‘lmagan ayrim kasblar ro‘yxatdan chiqarildi. Ular orasida yuqori malaka talab qilmaydigan bir qator qurilish kasblari bor.
"Iqtisodiy nuqtayi nazardan, chet elliklar uchun Rossiya fuqaroligini olish osonroq bo‘lgan kasblar ro‘yxatini o‘zgartirish migratsiya oqimlarini tartibga solish va optimallashtirish masalasidir", — dedi Girinskiy.
Moskovskiy mejdunarodniy forum innovatsionnogo razvitiya 2020 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.11.2023
Migrantlar moskvaliklarga qaraganda sofdilroq ekani ma’lum bo‘ldi
Yangiliklar lentasi
0