Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII Ishbilarmonlar kengashi va Savdo-sanoat palatasi hamkorlik qilishga kelishib oldi

© TPP UzbekistanaPodpisan Memorandum o sotrudnichestve mejdu Delovim sovetom Yevraziyskogo soyuza i Torgovo-promishlennoy palatoy Respubliki Uzbekistan
Podpisan Memorandum o sotrudnichestve mejdu Delovim sovetom Yevraziyskogo soyuza i Torgovo-promishlennoy palatoy Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.11.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Sankt-Peterburgda o‘tayotgan “Rossiya sanoatchisi” xalqaro forum-ko‘rgazmasida ishtirok etdi.
TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) Ishbilarmonlar kengashi va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi, deya xabar berdi palata matbuot xizmati.
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Jamshed Urakov Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tayotgan “Rossiya sanoatchisi” xalqaro forum-ko‘rgazmasida ishtirok etdi.
Tadbirda Rossiyaning 36 ta mintaqasi va dunyoning 20 ta davlatidan 20 ming mehmon qatnashmoqda.
Forum doirasida YeOII Ishbilarmonlar kengashi va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

"Imzolangan memorandum o‘rnatilgan aloqalarni mustahkamlash, hamkorlikning mavjud yo‘llarini tahlil qilish va yangi yo‘nalishlarni topishga yordam beradi", —deyiladi xabarda.

Forum-ko‘rgazmaning asosiy mavzusi — “Barqarorlik va rivojlanish: asosiy texnologiyalar, davlatning roli, sanoat uchun kadrlar, xalqaro hamkorlikning yangi konturlari”.
Bu biznes va davlat, yetakchi texnologiya kompaniyalari, universitetlar, ilmiy tashkilotlar, kichik va o‘rta biznes hamda xorijiy hamkorlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik uchun platformadir.
Eslatib o‘tamiz, sentabr oyida YeOII Biznes kengashi hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi (SSP) o‘rtasida doimiy biznes-muloqot yo‘lga qo‘yilgandi. Unda O‘zbekiston SSP hamda YeOII Ishbilarmonlar kengashi o‘rtasida doimiy biznes-muloqotni yo‘lga qo‘yish memorandumi loyihasi har ikkala tomondan ma’qullangan.
Ushbu memorandum O‘zbekiston va Ittifoq ishbilarmonlari o‘rtasida doimiy biznes-muloqotni yo‘lga qo‘yish, O‘zbekiston va YeOII o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamda sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish uchun xizmat qiladi.
2020 yil dekabr oyi boshida O‘zbekiston YeOIIda kuzatuvchi davlat maqomini oldi. 2021-yil aprel oyida Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum va ushbu memorandumni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi imzolangan.
2022 yil iyul oyida tomonlar hamkorlikning qo‘shimcha yo‘nalishlari ro‘yxatini imzolashdi.
YeOII 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritayotgan xalqaro integratsion iqtisodiy birlashmadir. Ittifoqqa Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. Moldova 2018-yil may oyidan YeOIIda kuzatuvchi maqomiga ega.
Yangiliklar lentasi
0