Turizm kunlari va yangi aviaqatnov: 2024-yilda O‘zbekiston qanday loyihalarni boshlaydi?
10:57 29.11.2023 (yangilandi: 11:48 29.11.2023)
© unsplash/Evgeny MatveevTuristi na ulitsax Buxari.
Obuna bo‘lish
Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev ShHT bosh kotibi Chjan Min bilan uchrashdi.
TOShKENT, 29 noya — Sputnik. O‘zbekiston ShHT o‘rtasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, Qozog‘iston va Belarus bilan turizm sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldi. Bu haqida Turizm qo‘mitasi xabar berdi.
Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev ShHT bosh kotibi Chjan Min bilan uchrashdi.
© Komitet po turizmuBelarus, Kazaxstan i Uzbekistan obsudili razvitie sotrudnichestva v sfere turizma
Unda tomonlar ShHTda turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, tashkilotga a’zo davlatlardan yetakchi media va sayyohlik blogerlari pullini shakllantirish va ular ishtirokida 2024-yil davomida ShHT makonidagi eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishlariga info-turlar tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.
ShHT bosh kotibi Chjan Min “BMT doirasidagi xavfsiz turizmning global kodeksi”, Yashil turizmni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro harakatlar dasturi, 2025-yilni “Jahon inklyuziv turizm yili” deb e’lon qilish bo‘yicha Maxsus deklaratsiyasi kabi tashabbuslarga hammualliflik qilishga tayyor ekanligini bildirdi.
“Uchrashuvda O‘zbekistonda ish boshlagan UNWTO Xalqaro turizm akademiyasi va “Ipak yo‘lida turizm” tematik ofisi bilan ShHT o‘rtasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi”, — deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va Qozog‘istonda “turizm kunlarini” o‘tkaziladi
© Komitet po turizmuBelarus, Kazaxstan i Uzbekistan obsudili razvitie sotrudnichestva v sfere turizma
Umid Shadiyev Qozog‘iston turizm va sport vaziri o‘rinbosari Yerjan Yerkinbayev bilan uchrashdi. Tomonlar 2024-yilda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida turistlar oqimini oshirishga qaratilgan tadbir va loyihalarni muhokama qilishdi. Jumladan, yirik xalqaro ko‘rgazmalarda “Ipak yo‘li” nomi ostida yagona stend bilan ishtirok etish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqish belgilab olindi.
“Ikki davlatda tog‘-chang‘i turizmi keng rivojlanib borayongatligini inobatga olib, O‘zbekistonning "Amirsoy" va Qozog‘istonning "Chimbuloq" tog‘-chang‘i kurortlarida “turizm kunlarini”ni o‘tkazishga kelishildi”, — deyiladi xabarda.
Minskdan Samarqandga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda
© Komitet po turizmuBelarus, Kazaxstan i Uzbekistan obsudili razvitie sotrudnichestva v sfere turizma
Umid Shadiyev Belarus sport va turizm vaziri Sergey Kovalchuk bilan uchrashib, O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida sayyohlar sonini amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.
Muzokaralar davomida 2024-yil birinchi yarmida yetakchi OAV va sayyohlik-blogerlari uchun tanishtiruv-targ‘ibot tashriflarini amalga oshirishga kelishib olindi.
“Belarus tomoni Minsk shahridan Samarqandga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish rejalarini ma’lum qildi”, — deyilgan xabarda.
Shuningdek, tomonlar Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va Belarus davlat jismoniy tarbiya universitetining Turizm instituti o‘rtasida kadrlar tayyorlash va tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yishga kelishib olishdi.