Urushdan keyingi dunyo taqdirini hal qilgan Tehron konferensiyasiga 80-yil to‘ldi

© Sputnik / RIA NovostiTegeranskaya konferensiya 1943 g.
Tegeranskaya konferensiya 1943 g. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.11.2023
Obuna bo‘lish
“Katta uchlik” rahbarlari uchrashuvi g‘oyasi Cherchill va Ruzvelt tomonidan taklif qilingan, Stalin uni o‘tkazish joyini tanlagan edi.
TOShKENT, 28 noya — Sputnik. Urushdan keyingi dunyo taqdirini hal qilgan Tehron konferensiyasi 1943-yil 28-noyabrda bo‘lib o‘tgan edi.
Aynan Tehronda Germaniyani mag‘lub etish umumiy strategiyasi qabul qilindi va ittifoqchilar tomonidan ikkinchi frontni ochish sanalari belgilab olindi.
"Biz bu yerga umid va qat’iyat bilan keldik va bu yerdan yagona ruh va maqsadli do‘stlar sifatida tarqalmoqdamiz”, - uch davlat rahbarlarining deklaratsiyasi ana shunday so‘zlar bilan yakunlandi.
Barcha ehtiyot choralariga qaramay, nemis razvedkasi Amerika harbiylarining dengiz kodini bilib olish orqali muzokaralar vaqti haqida ma’lumot oladi. Gitler Otto Skorseni jangarilariga bir vaqtning o‘zida uch nafar yuqori martabali raqibni yo‘q qilishni buyuradi.
Ammo sovet razvedkachilari nemis radio operatorlaridan ustun keldi va Gitlerning "Uzoqqa sakrash" kodli operatsiyasi muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Yangiliklar lentasi
0