Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOIIda umumiy mehnat bozori 70 foizga shakllanib bo‘ldi — Masnikovich

© Izdanie "Narodnoe slovo"Predsedatel kollegii YeEK Mixail Masnikovich
Predsedatel kollegii YeEK Mixail Masnikovich - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.11.2023
Obuna bo‘lish
YeOIIda umumiy mehnat bozorini tashkil qilish 70%ga amalga oshirildi. Ittifoqda bu sohada integratsiya boshqa sohalarga qaraganda ancha oldinda.
TOShKENT, 28 noya— Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) ishchi kuchining erkin harakatlanishini ta’minlash vazifasi katta darajada hal qilindi, dedi Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK )hay’ati raisi Mixail Masnikovich.
YeIK Hay’ati rahbarining so‘zlariga ko‘ra, umumiy mehnat bozorini shakllantirish YeOIIning to‘rt asosiy "erkinliklari"dan biri edi.
"YeOII fuqarolari uchun mehnat bozoriga kirish bo‘yicha cheklovlar olib tashlandi, ular 30 kun davomida ro‘yxatdan o‘tishdan ozod qilindi va ta’lim hujjatlari o‘zaro tan olinmoqda", — dedi Masnikovich.
Hay’at raisi "Vneshekonombank" bahosiga asosan xabar qilishiga ko‘ra, umumiy mehnat bozori YeOII shartnomasida belgilanganidan 70 %dan ko‘proq darjada, tovarlar bozori – 65%, xizmatlar - 45%, kapital - taxminan 40%ga shakllantirilgan.
Shu bilan birga, YeIK raisi YeOII hududida yagona professional standartlar yo‘qligi va buning oqibatida kelib chiqayotgan muammolar haqida gapirdi.
“YeOII, hatto MDHda ham ta’lim sohasida meyorlar unifikatsiyasi yo‘q. Bu soha YeOII kun tartibiga kirmaydi. Biz bu muammoni ko‘rib turibmiz va uni hal qilishga harakat qilmoqdamiz, ammo Komissiyaning sa’y-harakatlari hali muvaffaqiyatli bo‘lmadi. Vaziyat yomonlashmoqda, mutaxassislar tayyorlash shartlaridagi tafovutlar kuchaymoqda va agar muammo yuqori saviyada hal etilmasa, "o‘zimizniki/begona" muammosi paydo bo‘lishi mumkin. Bu esa qabul qilib bo‘lmaydigan holat”, - dedi Masnkovich.
YeIK raisi ko‘tarib chiqqan muammolardan yana biri bu raqamli iqtisodiyot sharoitida bandlik masalasi bo‘ldi. Masnikovich frilanserlar, masofaviy ishlovchi xodimlar faoliyatini tartibga solish haqida to‘xtalib o‘tdi.

“Bandlikning ushbu yangi shakllari an’anaviylarga qaraganda tezroq, qonunchilik bazasiga qaraganda faolroq rivojlanmoqda. Huquqiy tartibga solishning yo‘qligi faoliyat turlarining "soyaga" tushib qolishi, mehnat munosabatlarining barcha tomonlari uchun xavflar yaratadi. Ushbu turdagi bandlik ishchilari mehnat qonunchiligining barcha standartlari bilan qamrab olinishi juda muhim", - dedi Masnikovich.

Ushbu muammolarni hal qilish uchun hay’at raisi YeIKka tegishli vakolatlarni berishni so‘radi “Chegarasiz ish” raqamli platformasi haqida hikoya qilib berdi.

Komissiya tomonidan joriy etilgan “Chegarasiz ish” raqamli dasturi ishga joylashish bo‘yicha xizmatlarning to‘liq spektrini, shu jumladan, masofadan turib ham ishga joylashish imkonini beradi. Bugungi kunda tizimda 171 mingdan ortiq foydalanuvchi tomonidan 643 mingdan ortiq murojaatlar amalga oshirilgan.

Masnikovichning so‘zlariga ko‘ra, ishchilar va ularning oila a’zolarining ijtimoiy himoya tizimidan va ish bilan ta’minlangan holatda tibbiy yordamdan foydalanishini osonlashtirish uchun sharoit yaratish juda muhimdir.
Yangiliklar lentasi
0