https://oz.sputniknews.uz/20231127/ozbekiston-saudiya-arabistoni-yirik-energetika-loyiha-41267729.html
O‘zbekiston Saudiya Arabistoni hamkorligida yirik energetika loyihalariga start berdi
O‘zbekiston Saudiya Arabistoni hamkorligida yirik energetika loyihalariga start berdi
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Saudiyaning yetakchi “ACWA Power”kompaniyasi bilan amalga oshirilayotgan loyihalarni boshlash marosimida ishtirok etdi.
2023-11-27T14:49+0500
2023-11-27T14:49+0500
2023-11-27T15:15+0500
o‘zbekiston
saudiya arabistoni
energetika
shavkat mirziyoyev
sirdaryo
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/1b/41265868_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_31ecfe277a178c8c7f11a3fb2e02a02f.jpg
TOShKENT, 27 noya — Sputnik. O‘zbekistonda Saudiya Arabistoni bilan hamkorlikda yirik energetika loyihalariga start berildi, deya xabar berdi prezident matbuot xizmati.O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiyaning yetakchi “ACWA Power”kompaniyasi bilan amalga oshirilayotgan loyihalarni boshlash marosimida ishtirok etdi.Tadbirda Sirdaryo viloyatida 1500 megavatt quvvatli zamonaviy bug‘-gaz elektr stansiyasini tarmoqqa ulash hamda Toshkent viloyatida “yashil vodorod”ni “pilot” tarzda ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishni boshlashga start berildi.Qayd etilishicha, Sirdaryodagi qiymati 1,1 milliard dollar bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi loyihasi 3 milliondan ziyod xonadon va yuzlab sanoat korxonalarining elektr energiyasiga ehtiyojini ta’minlashga imkon beradi. Bundan tashqari, mintaqada ilk bor “yashil vodorod” ishlab chiqarish bo‘yicha o‘xshashi yo‘q korxona tashkil etilmoqda.Umuman, “ACWA Power” kompaniyasi ishtirokida O‘zbekistonda 7,5 milliard dollarlik yirik energetika loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.Ushbu loyihalarning ishga tushirilishi 2030-yilga borib 25 gigavatt qayta tiklanuvchi energiya quvvatlarini yaratish, 4,5 milliard kub metr gazni iqtisod qilish va atmosferaga zararli moddalar tashlanmalarini 3 million tonnagacha qisqartirish imkonini beradi.
https://oz.sputniknews.uz/20231127/ozbekiston-saudiya-arabistoni-11-mlrd-dollarlik-yangi-loyiha-dasturlar-41263229.html
o‘zbekiston
saudiya arabistoni
sirdaryo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/1b/41265868_71:0:1210:854_1920x0_80_0_0_6d9d2dc6413213494542f9f5cbe091ab.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev saudiya arabistoni “acwa power”kompaniyasi yashil vodorod
shavkat mirziyoyev saudiya arabistoni “acwa power”kompaniyasi yashil vodorod
O‘zbekiston Saudiya Arabistoni hamkorligida yirik energetika loyihalariga start berdi
14:49 27.11.2023 (yangilandi: 15:15 27.11.2023) Shavkat Mirziyoyev Saudiyaning yetakchi “ACWA Power”kompaniyasi bilan amalga oshirilayotgan loyihalarni boshlash marosimida ishtirok etdi.
TOShKENT, 27 noya — Sputnik. O‘zbekistonda Saudiya Arabistoni bilan hamkorlikda yirik energetika loyihalariga start berildi, deya xabar berdi prezident
matbuot xizmati. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiyaning yetakchi “ACWA Power”kompaniyasi bilan amalga oshirilayotgan loyihalarni boshlash marosimida ishtirok etdi.
Tadbirda Sirdaryo viloyatida 1500 megavatt quvvatli zamonaviy bug‘-gaz elektr stansiyasini tarmoqqa ulash hamda Toshkent viloyatida “yashil vodorod”ni “pilot” tarzda ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishni boshlashga start berildi.
Qayd etilishicha, Sirdaryodagi qiymati 1,1 milliard dollar bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi loyihasi 3 milliondan ziyod xonadon va yuzlab sanoat korxonalarining elektr energiyasiga ehtiyojini ta’minlashga imkon beradi. Bundan tashqari, mintaqada ilk bor “yashil vodorod” ishlab chiqarish bo‘yicha o‘xshashi yo‘q korxona tashkil etilmoqda.
“Ushbu “pilot” loyiha doirasida mamlakatimizda birinchi bosqichda 3 ming tonna vodorod ishlab chiqariladi va keyinchalik mineral o‘g‘itlarga qayta ishlanadi, shuningdek, 52 megavattlik shamol elektr stansiyasi quriladi”, — deyiladi xabarda.
Umuman, “ACWA Power” kompaniyasi ishtirokida O‘zbekistonda 7,5 milliard dollarlik yirik energetika loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Ushbu loyihalarning ishga tushirilishi 2030-yilga borib 25 gigavatt qayta tiklanuvchi energiya quvvatlarini yaratish, 4,5 milliard kub metr gazni iqtisod qilish va atmosferaga zararli moddalar tashlanmalarini 3 million tonnagacha qisqartirish imkonini beradi.