O‘zbekistondagi islom muassasalari postsovet hududida yetakchi bo‘ladi — Rafiq Muxametshin

© Rossiyskiy islamskiy institutRossiya islom instituti rektori Rafiq Muxametshin
Rossiya islom instituti rektori Rafiq Muxametshin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.11.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya islom instituti rektori Buxoroda Mir-Arab madrasasining 500-yilligiga bag‘ishlangan xalqaro anjumanda nutq so‘zladi.
TOShKENT, 27 noya — Sputnik. O‘zbekiston islom ta’lim tizimi MDH mamlakatlaridagi eng kuchlilaridan biri bo‘lib, bu davlatning musulmon ta’lim muassasalari yaqin o‘n yilliklarda postsovet hududida yetakchi bo‘ladi. Bu haqida RIA Novosti Rossiya islom instituti (Qozon, Tatariston) rektori Rafiq Muxametshinga tayanib xabar berdi.
“O‘zbekistonda musulmonlar ta’limining yaxshi yo‘lga qo‘yilgan tizimi, islom universitetlari va madrasalari faoliyat ko‘rsatayotgani, professor-o‘qituvchilari kuchli bazasi bilan MDH davlatlari ichida eng kuchlilaridan biridir. MDHdagi ko‘plab diniy oliy o‘quv yurtlari o‘z mamlakatlari tarixi va xususiyatlaridan kelib chiqib, o‘z kadrlarini tayyorlashda ulardan o‘rnak olishlari kerak”, — dedi Muxametshin Buxoroda Mir-Arab madrasasining 500-yilligiga bag‘ishlangan xalqaro anjumanda.
Rektorning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasidagi ko‘plab islom universitetlari O‘zbekiston ta’lim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalariga ega.
“Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, O‘zbekiston, ayniqsa, Sovet Ittifoqi davrida diniy ta’lim markazi bo‘lgan. Rossiya Federatsiyasidagi ko‘plab hozirgi muftiylar va musulmonlar ma’naviyat idoralari rahbarlari Mir-Arab madrasasini bitirgan. O‘zbekistonda islom ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Rossiya universitetlari ularning bir qatori bilan hamkorlik memorandumlariga ega. O‘zbekiston fuqarolari Bolgariya Islom akademiyasida tahsil olishmoqda, diplom olgandan keyin ular ishga qaytishmoqda, chunki bizning akademiyamizning O‘zbekistondagi diplomi amaldagi hujjatdir”, — deya qayd etdi Muxametshin.
Rossiya islom instituti rektorining qo‘shimcha qilishicha, u O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi ilmiy kengashi a’zosi bo‘lib, unda Rossiyadan taklif etilgan dinshunos olimlar ham faoliyat yuritadi.
“Rossiya va O‘zbekiston, olimlar va ilohiyotchilar, universitet jamoalari o‘rtasidagi hamkorlik mustahkam poydevor va istiqbolga ega. Bu yoshlarni tarbiyalash, ularni mamlakatlarimizga xos bo‘lgan an’anaviy islom dinida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega”, — deya xulosa qildi Muxametshin.
Ma’lumot uchun, “Mir-Arab” madrasasi boy tarixga ega. Undan ko‘plab olimlar, imomlar, muftiylar yetishib chiqqan. Biroq, o‘tgan asrda uning maqomi maxsus ta’lim muassasasi darajasiga tushib ketdi. Bino ta’mir talab bo‘lib qoldiva kitoblar yetarli emas edi.
Shavkat Mirziyoyev 2017-yilda madrasaga tashrif buyurib, uning tarixiy maqomini tiklashga kirishgan edi. Shu maqsadda Ark qal’asi yonida yangi bino qurilib, foydalanishga topshirildi.
Ramzan Qodirov Mir Arab Oliy madrasasining faxriy talabasi bo‘ldi
Oliy madrasa 200 o‘quvchiga mo‘ljallangan. Bu yerda Qur’on, hadis, fiqh va tasavvuf ilmlari hamda xorijiy tillar chuqur o‘rganiladi. Bugun madrasada 100 dan ortiq kishi tahsil olmoqda.
Yangiliklar lentasi
0