O‘zbek kinorejissori filmi Minsk kinofestivalida maxsus mukofotga sazovor bo‘ldi

© IA "Dunyo"O‘zbek kinorejissorining filmi Minsk kinofestivalida maxsus mukofotga sazovor bo‘ldi
O‘zbek kinorejissorining filmi Minsk kinofestivalida maxsus mukofotga sazovor bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.11.2023
Obuna bo‘lish
“Listapad” xalqaro kinofestivali doirasida O‘zbek kinosi kuni bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 27 noya — Sputnik. MDH Ijroiya qo‘mitasining “Chegara bilmas kino” maxsus mukofoti o‘zbek kinorejissori Yolqin To‘ychiyevning “Evolyutsiya” (“Evrilish”) filmiga topshirildi. Bu haqida xalqaro kinofestival matbuot xizmati xabar berdi.
Minsk shahrida 17—24 noyabr kunlari XXIX xalqaro “Listapad” kinofestivali bo‘lib o‘tdi. Bu yil festivalga 107 ta davlatdan 2087 ta ariza kelib tushgan.
Festival doirasida O‘zbek kinosi kuni bo‘lib o‘tdi.
Taqdirlash marosimida so‘zga chiqqan MDH bosh kotibining birinchi o‘rinbosari Leonid Anfimov “Evolyutsiya” (Evrilish) filmi hayot sharoiti va sinovlaridan qat’i nazar, insonparvarlik, mehr-oqibat, do‘stlik tuyg‘ularini asrab-avaylash, o‘z yaqinlariga, ona yurtga muhabbat tuyg‘ularini asrash muhimligini tomoshabinga eslatishini ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, o‘zbekistonlik rejissor Farhod Mahmudovning “Parining sovg‘asi” filmi “Belarus kinematografchilar uyushmasi” jamoat birlashmasining maxsus diplomiga sazovor bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0