Arab kompaniyasi O‘zbekistondagi loyihalarga sarmoya kiritishga tayyor

© Press-slujba Ministerstva investitsiy i vneshney torgovli UzbekistanaMinistr investitsiy, promishlennosti i torgovli Uzbekistana Laziz Kudratov vstretilsya s rukovoditelyami krupnix kompaniy Saudovskoy Aravii
Ministr investitsiy, promishlennosti i torgovli Uzbekistana Laziz Kudratov vstretilsya s rukovoditelyami krupnix kompaniy Saudovskoy Aravii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.11.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni har bir loyiha bo‘yicha mas’ul ijrochilarni belgilab oldi.
TOShKENT, 26 noya — Sputnik. Arab kompaniyasi O‘zbekistondagi loyihalarga sarmoya kiritishga tayyor. Bu haqida O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.
Toshkentda O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Saudiya Arabistoni Podshohligining yirik kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi. Unda investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish chora-tadbirlari muhokama qilindi, yangi loyihalarni birgalikda amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
"Mamlakatimizning tegishli vazirlik va idoralari rahbarlari ham ishtirok etgan konstruktiv muzokaralarda O‘zbekistonda amalga oshiriladigan aniq tashabbuslar shakllantirilib, har bir loyiha bo‘yicha mas’ul ijrochilar belgilab olindi", — deyiladi xabarda.
Kun tartibiga muvofiq, “B2B” va “G2B muzokaralari sessiyalari ham bo‘lib o‘tdi, unda tomonlar erishilgan kelishuvlarni hayotga tatbiq etishning amaliy jihatlarini atroflicha muhokama qilish imkoniga ega bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qatarning sobiq bosh vaziri, qator yirik investitsiya va sanoat xoldinglari asoschisi Hamad bin Jassim Ol-Soniy boshchiligidagi delegatsiya investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov hamrohligida Buxoro viloyatiga tashrif buyurgandi. Unda to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish va turizm infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirishga kelishildi.
Shuningdek, O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni ta’lim sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi.
Yangiliklar lentasi
0