Toshkentda O‘RVIga qarash kurash choralari belgilab olindi — SSV

© Sputnik / Nikolay Xijnyak / Mediabankka o‘tishNa osmotre u vracha. Illyustrativnoe foto
Na osmotre u vracha. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.11.2023
Obuna bo‘lish
O‘RVIga qarshi kurash samaradorligini oshirish maqsadida qo‘shimcha tez yordam avtomobillari va shifokorlar brigadalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Shu kunlarda O‘zbekistonda gripp va o‘tkir respirator virusli infeksiyalarning davriy ko‘tarilishi kuzatilmoqda, deb xabar qildi O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Kasallik ayniqsa Toshkent shahrida yosh bolalar orasida keng tarqalmoqda. Natijada poytaxt bolalar klinik shifoxonalariga yuklamalar yilning boshqa davrlariga nisbatan ortishi kuzatilmoqda.
Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov ushbu mavzuga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Undan Toshkent shifoxonalari rahbarlari, Sanitariya-epidemiologik qo‘mita vakillari va Tez tibbiy yordam xizmati mas’ullari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda shifoxonalarga tushayotgan yuklamalarni tezda kamaytirish, bemor bolalarga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Xususan, quyidagi ishlab belgilab olindi:
Zangiota-1 yuqumli kasalliklar shifoxonasida o‘tkir respirator virusli infeksiyalarga chalingan bolalar uchun ajratilgan o‘rinlar sonini 300 tadan 500 taga oshirish belgilandi.
“103” xizmatiga ertalab soat 06:00 dan 14:00 gacha poytaxt shifoxonalarida zaxirada bo‘lgan 40 ta avtomashina hamda 29 ta to‘liq jihozlangan “Isuzu” rusumdagi avtomashinalari tibbiy brigadalar bilan doimiy foydalanish uchun ajratildi.
12 ta ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika va 72 ta oilaviy poliklinikada ertalab soat 8:00 dan kechki 20:00 gacha bo‘lgan muddatda chaqiruv bo‘yicha tibbiy brigadalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ular uyda va ambulator sharoitda davolanayotgan bemorlarga onlayn yoki joyiga chiqqan holda tibbiy yordam ko‘rsatadi.
O‘rganishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, O‘RVI kasalligiga chalinib, shifoxonalarda davolanayotgan bemorlarning ma’lum qismi statsionar davoga muhtoj emas. Bunday bemorlarni ambulator sharoitda davolash bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
Shu bilan birga, birlamchi tizimdagi kunduzgi statsionarlarda kasallikka chalingan bolalarning kuzatuvini olib borish, zarur bo‘lganda shu yerning o‘zida kerakli davo muolajalarini amalga oshirish bo‘yicha ham tegishli vazifalar belgilandi.
Yangiliklar lentasi
0