Magadanda migrantlarga jamoat transportini boshqarish taqiqlandi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishTaksi. Arxiv surat
Taksi. Arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.11.2023
Obuna bo‘lish
Kolimada 2024-yildan migrantlarga jamoat transportini boshqarish taqiqlanadi.
TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Kolimada mehnat migrantlariga bir yil davomida jamoat transportini boshqarish taqiqlanadi. Bu haqida RIA Novosti xabar berdi.
Magadan viloyati gubernatori Sergey Nosov 2024-yilda patent bilan ishlaydigan xorijliklarni taksi va ijaraga olingan avtomobillarda hamda avtobuslarda muntazam tashishga jalb qilishni taqiqlovchi farmonni imzoladi.
Farmon viloyat hokimligining huquqiy axborot portalida e’lon qilindi.

“Ushbu farmonning 1-ilovasiga muvofiq, 2024-yilda Magadan viloyatida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan ayrim faoliyat turlariga patentlar asosida mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xorijiy fuqarolarni ishga joylashtirishni taqiqlash belgilansin”, - deyilgan hujjatda.

Farmonning 1-ilovasida yo‘lovchilarni taksi va avtobuslarda tashish sanab o‘tilgan. Transport kompaniyalari migrantlarni uch oy ichida ishdan bo‘shatishlari kerak.
Ma’lumot uchun, Kolima o‘lkasi - Kolima darosi havzasi va Oxot dengizining shimoliy qirg‘og‘ini qamrab olgan Rossiyaning shimoli-sharqidagi tarixiy mintaqa. Kolima o‘lkasi hududi shartli ravishda Magadan viloyatining butun hududidan va Yakutiyaning shimoli-sharqiy viloyatlaridan iborat.
Yangiliklar lentasi
0