Shavkat Mirziyoyev SPEKA sammitida nimalarni taklif qildi?

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVistuplenie Shavkata Mirziyoyeva na sammite Spetsialnoy programmi Organizatsii Obyedinennix Natsiy dlya ekonomik Sentralnoy Azii – SPEKA.
Vistuplenie Shavkata Mirziyoyeva na sammite Spetsialnoy programmi Organizatsii Obyedinennix Natsiy dlya ekonomik Sentralnoy Azii – SPEKA. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.11.2023
Obuna bo‘lish
Afg‘onistonga yordam berish va yana yettita aniq tashabbus — Mirziyoyev SPEKAda qanday tashabbuslar bilan chiqdi.
TOShKENT, 24 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon poytaxtida bo‘lib o‘tgan SPEKA (SPECA) sammitida nutq so‘zladi.
O‘z nutqida prezident Toshkentda asos solingan ushbu platforma mintaqaviy sheriklik mexanizmi sifatida o‘zining zarurligini ko‘rsatganini ta’kidladi va Afg‘onistonga yordam masalasida alohda to‘xtalib o‘tdi.
"Barcha hamkasabalar, YeIK va ESKATO rahbariyatidan SPEKA doirasida Afg‘oniston bilan aloqalarni o‘rnatish va hamkorlikni qayta tiklashga chaqiraman. Bu mamlakatni o‘z muammolari bilan yakka qoldirish mumkin emas", - dedi prezident.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev SPEKA doirasida hamkorlikka oid quyidagi takliflarni bildirdi:
1.
BMT, YeIK va ESKATO bilan hamkorlikda "SPEKA-2030" taraqqiyot konsepsiyasini ishlab chiqishni taklif etamiz.
2.
Mintaqaviy savdoni rag‘batlantirish, mavjud to‘liqlarni bartaraf etish, eksport-importni texnik tartibga solish borasida ilg‘or amaliyotlarni joriy etish kerak.
3.
SPEKAning maqsadli jamg‘armasini tashkil etishni tezlashtirish va kelgusi yilda uning amaliy ishini yo‘lga qo‘yish kerak. O‘zbekiston bunga o‘z moliyaviy hissasini qo‘shishga tayyor. Jamg‘arma faoliyati yashil iqtisodiyot, innovatsiyalar, yuqori texnologiyalar, logistika, muqobil energetika sohalariga yo‘naltirilishi kerak.
4.
Kelgusi yil boshida O‘zbekistonda transport vazirlari, logistika kompaniyalari, yirik sanoat korxonalari rahbarlari ishtirokida “Raqamli transport yo‘nalishlari” halqaro forumini o‘tkazishga tayyormiz.
5.
Oziq-ovqat xavfsizligini samarali ta’minlash bo‘yicha yuqori darajadagi maxsus ishchi guruhini tuzishni va uning ilk uchrashuvini kelgusi yili Samarqandda o‘tkazishni taklif etamiz.
6.
Suv, energetika, ekologiya va qishloq xo‘jaligi sohalari o‘zaro bog‘liqligidan kelib chiqib SPEKAning ko‘p tomonlama “Yashil strategiyasini” qabul qilish vaqti keldi deb hisoblaymiz. Bu ishni hech bir davlat yakka o‘zi qila olmaydi.
7.
SPEKA doirasida ishbilarmon xotin-qizlar kengashi tuzishni taklif etamiz.
Bugun Bokuda SPECA sammiti bo‘lib o‘tdi. SPECA — BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyoti bo‘yicha maxsus dasturi bo‘lib u 1998-yilda tashkil etilgan. Dasturga a’zo davlatlar Ozarbayjon, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Afg‘onistondir. Dasturning maqsadi — a’zo davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va jahon iqtisodiyotiga integratsiyani qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Yangiliklar lentasi
0