Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan uchrashdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel v Baku peregovori s Prezidentom Azerbaydjanskoy Respubliki Ilxamom Aliyevim.
Shavkat Mirziyoyev provel v Baku peregovori s Prezidentom Azerbaydjanskoy Respubliki Ilxamom Aliyevim. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.11.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Ozarbayjon davlat rahbarlari ikki davlat munosabatlarini yanada rivojlantirish maqsadida qator tadbirlar o‘tkazishga kelishib olishdi.
TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Bokuda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashdi.
Davlat rahbarlari muzokaralar davomida ikki davlat orasida hamkorlikni yuqori sur’atda davom ettirish va tubdan kengaytirish maqsadida, qator ishlarni amalga oshirshga kelishib olishdi.
Xususan:
Ozarbayjon prezidenti 2024-yilda rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga boradi;
2024 yil — O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni jadal rivojlantirish yili deb e’lon qilinadi;
2024 yil uchun o‘zaro manfaatli hamkorlikning 10 ta yangi yo‘nalishi ishlab chiqiladi;
Axborot makonida tajriba almashish va hamkorlikni muvofiqlashtirish uchun ikki mamlakat Prezident Administratsiyalarining tegishli xizmatlari o‘rtasida tizimli muloqotni yo‘lga qo‘yiladi;
Ilhom Aliyev 2025-yilda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan "Markaziy Osiyo - Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" sammitida bosh faxriy mehmon sifatida ishtirok etishga taklif etildi.
Bugun Bokuda SPECA sammiti bo‘lib o‘tmoqda. SPECA — BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyoti bo‘yicha maxsus dasturi bo‘lib u 1998-yilda tashkil etilgan. Dasturga a’zo davlatlar Ozarbayjon, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Afg‘onistondir. Dasturning maqsadi — a’zo davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va jahon iqtisodiyotiga integratsiyani qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Yangiliklar lentasi
0