https://oz.sputniknews.uz/20231124/senat-aralash-saylov-tizimiga-otish-togrisidagi-qonunni-maqulladi-41229052.html
Senat aralash saylov tizimiga o‘tish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
Senat aralash saylov tizimiga o‘tish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 2024-yilda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan parlament saylovlari arafasida saylov tizimi o‘zgarmoqda. Endi Oliy Majlis deputatlarning yarmi partiyalardan... 24.11.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-11-24T18:13+0500
2023-11-24T18:13+0500
2023-11-24T19:07+0500
jamiyat
senatorlar
o‘zbekiston oliy majlisi senati
partiya
saylov kodeksi
saylovlar
deputat
deputatlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/0e/36863513_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_a0129dc6415bbe01621b05732e708273.jpg
TOShKENT, 24 noya — Sputnik. O‘zbekiston Senati 47-yalpi majlisida majoritar saylov tizimidan aralash tizimga o‘tish to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonunni ma’qulladi. Qayd etilishicha, endi u imzolash uchun davlat rahbariga yuboriladi.Senatga tasdiqlash uchun taqdim etilgan hujjatda Saylov kodeksi hamda yettita qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan.Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda saylov tizimi majoritar-proporsional shaklga o‘tkazishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish haqidagi farmonni 8-may kuni imzolagan edi. Yangi qonun Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan 31-oktabr kuni ma’qullangan.O‘zbekistonda navbatdagi parlament saylovlari 2024-yilda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/0e/36863513_72:0:1208:852_1920x0_80_0_0_62ddc76cce9b34447eebac3749aa57fa.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, senatorlar, o‘zbekiston oliy majlisi senati, partiya, saylov kodeksi, saylovlar, deputat, deputatlar
jamiyat, senatorlar, o‘zbekiston oliy majlisi senati, partiya, saylov kodeksi, saylovlar, deputat, deputatlar
Senat aralash saylov tizimiga o‘tish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
18:13 24.11.2023 (yangilandi: 19:07 24.11.2023) O‘zbekistonda 2024-yilda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan parlament saylovlari arafasida saylov tizimi o‘zgarmoqda. Endi Oliy Majlis deputatlarning yarmi partiyalardan qolgan yarmi esa mustaqil nomzodlar bo‘ladi.
TOShKENT, 24 noya — Sputnik. O‘zbekiston Senati 47-yalpi majlisida majoritar saylov tizimidan aralash tizimga o‘tish to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonunni ma’qulladi.
"Qizg‘in muhokamalardan so‘ng qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, endi u imzolash uchun davlat rahbariga yuboriladi.
Senatga tasdiqlash uchun taqdim etilgan hujjatda Saylov kodeksi hamda yettita qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda saylov tizimi majoritar-proporsional shaklga o‘tkazishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish haqidagi farmonni 8-may kuni
imzolagan edi. Yangi qonun Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan 31-oktabr kuni ma’qullangan.
Yangi tartibga ko‘ra, Qonunchilik palatasining 150 nafar deputatidan 75 nafari — proporsional saylov tizimi, ya’ni partiya nomzodlari ro‘yxati bo‘yicha siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar asosida saylanadi. Qolgan 75 nafari esa bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha nomzodga ovoz berish orqali saylanadi. Ular biror partiyaga tegishni bo‘lishi kerak emas.
O‘zbekistonda navbatdagi parlament saylovlari 2024-yilda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.