Savodlilarning imkoniyati ko‘proq: Toshkentda rus tilining ahamiyati muhokama etildi

© Sputnik/Anna Jelixovskaya“Rossotrudnichestvo”ning O‘zbekistondagi vakolatxonasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
“Rossotrudnichestvo”ning O‘zbekistondagi vakolatxonasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.11.2023
Obuna bo‘lish
Mutaxassis: grammatik xatolari bo‘lgan rezumelar har ikkinchi ish beruvchi tomonidan rad etiladi.
TOShKENT, 24 noya — Sputnik. “Rossotrudnichestvo”ning O‘zbekistondagi vakolatxonasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda “Hamdo‘stlik makoni: rus tili kasbiy muvaffaqiyat vositasi sifatida” mavzusida davra suhbati, shuningdek, olimlar, maktab va oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari, jurnalistlar uchun mahorat darslari o‘tkazildi.
O‘zbekiston, Rossiya va Qozog‘iston vakillari ishtirok etgan tadbir “Shimol-Janub” siyosiy fanlar markazi, MDHga a’zo davlatlarning gumanitar hamkorlik bo‘yicha Davlatlararo jamg‘armasi, A.S. Pushkin nomidagi Rus madaniyat markazi va davlat rus tili instituti ko‘magida o‘tkazildi.
“XXI asrda madaniyatlararo muloqot har bir inson hayotining ajralmas qismidir. Bu davom etayotgan globallashuv jarayonlari, iqtisodiy, siyosiy va madaniy hamkorlik bilan bog‘liq. Shu nuqtayi nazardan, samarali madaniyatlararo muloqotga yordam beradigan xususiyatlar va omillarni muhokama qilish diqqatga sazovor bo‘lgan muhim masaladir”, — dedi “Shimol-Janub” siyosatshunoslik markazi ijrochi direktori Anjelika Trapeznikova.
Anjelika Trapeznikovaning so‘zlariga ko‘ra, bu, birinchi navbatda, turli madaniyat vakillari o‘rtasidagi samarali muloqotni, har tomonlama rivojlanish va hamkorlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Konferensiya ishtirokchilari quyidagi savol bilan yuzlanishdi: Qanday qilib axborot yutug‘i va aloqaning yangi usullari va shakllarining paydo bo‘lishi sharoitida rus tilini postsovet hududida eng muhim aloqa vositasi sifatida saqlash va rivojlantirishni ta’minlash mumkin?
© Sputnik/Anna Jelixovskaya“Rossotrudnichestvo”ning O‘zbekistondagi vakolatxonasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Mejdunarodnaya konferensiya po russkomu yaziku v Russkom dome v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2023
“Rossotrudnichestvo”ning O‘zbekistondagi vakolatxonasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Shu munosabat bilan A. S. Pushkin nomidagi Davlat rus tili instituti ta’limni rivojlantirish va raqamlashtirish bo‘yicha prorektori Dina Gorbatovaning nutqi alohida qiziqish uyg‘otdi. U rus tilining zamonaviy mehnat bozorida mutaxassislarning raqobatbardoshligiga ta’siri haqida gapirdi.
© Sputnik/Anna Jelixovskaya“Rossotrudnichestvo”ning O‘zbekistondagi vakolatxonasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Mejdunarodnaya konferensiya po russkomu yaziku v Russkom dome v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2023
“Rossotrudnichestvo”ning O‘zbekistondagi vakolatxonasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
"Bugun biz ko‘proq o‘zimizning raqobatbardoshligimizni turli formatlarda oshirish uchun rus tilini o‘rganish motivatsiyasi haqida gapirapmiz", — deya aniqlik kiritdi Dina Gorbatova.
Shu bois konferensiya ishtirokchilari o‘z ma’ruzalarini “O‘zbekiston ta’lim muassasalarida rus tili va adabiyotini o‘qitishning xususiyatlari”, "Rus tili nolingvistik fanlar o‘qituvchilarining malakasini oshirish omili sifatida", “Ommabop tilshunoslik yoki filolog nima uchun kerak, “MDH mamlakatlari ommaviy axborot vositalarida rus tilidagi kontent” kabi mavzularga bag‘ishlagani bejiz emas.
"Ish beruvchilarning fikriga ko‘ra, madaniyatlararo muloqot va til mavzusi, umuman olganda, insonning mehnat bozoridagi mavqeyining asosidir. Rossiyaning taniqli ish qidirish va xodimlarni tanlash xizmati tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, grammatik xatolari bo‘lgan rezumelar har ikkinchi ish beruvchi tomonidan rad etiladi", — deydi Dina Gorbatova.
Bundan tashqari, Dina Gorbatova O‘zbekistondagi eng mashhur rekruting agentliklaridan birining saytida e’lon qilingan bo‘sh ish o‘rinlariga e’tibor qaratdi.
© Sputnik/Anna Jelixovskaya“Rossotrudnichestvo”ning O‘zbekistondagi vakolatxonasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Mejdunarodnaya konferensiya po russkomu yaziku v Russkom dome v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2023
“Rossotrudnichestvo”ning O‘zbekistondagi vakolatxonasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Ko‘pincha abituriyentlar uchun asosiy talablardan biri rus tilini bilishdir. Gap turli xil faoliyat yo‘nalishlari haqida ketmoqda — qo‘ng‘iroqlar markazida ishlash, ofitsiant vakansiyasi, stomatolog yordamchisi sifatida.
"Biz professional hamjamiyat uchun bu muayan qiyinchilik, chunki biz kelajakda mehnat bozori uchun mutaxassislar tayyorlayapmiz. Rus tilini biladigan mutaxassislarni tayyorlash oson emas", — deydi Dina Gorbatova.
U o‘z nutqida, shuningdek, rus tilining jahondagi global raqobatbardoshlik indeksini uzoq muddatli o‘rganish ma’lumotlarini ham keltirdi.
"Bu turli sohalarda rus tilining "farovonligi" ko‘rsatkichidir", — deya aniqlik kiritdi Dina Gorbatova.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda rus tili qayd etilgan indeksda 9-o‘rinda - bu tilda dunyoda 255 million kishi so‘zlashadi.
Ilmiy-amaliy konferensiya doirasida “Iqtiboslar sehri: rus tilida so‘zlashuvchining matnlararo tezaurusi”, “MDH mamlakatlarida rus tilidagi jurnalistikani rivojlantirish istiqbollari va strategiyasi”, “A.S.Pushkin qoralamalarining sirlari” kabi mavzularda mahorat darslari ham o‘tkazildi.
Yangiliklar lentasi
0