Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 18-24 noyabrning asosiy xabarlari

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishBoyevaya podgotovka voyennoslujashix VDV v zone SVO
Boyevaya podgotovka voyennoslujashix VDV v zone SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.11.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlarining Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilishga qaratilgan maxsus harbiy operatsiyasi belgilangan maqsadlar yo‘nalishida muvaffaqiyatli davom etmoqda.
TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi hafta davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligining 18 —24 noyabr hisoboti:

Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari 18-24 noyabr kunlari Ukrainaning harbiy aerodromlari, arsenallar, artilleriya o‘q-dorilari, qurol-yarog‘lar, harbiy texnika va yoqilg‘i saqlash joylari hamda Azov* millatchi batalonlar va chet ellik yollanma askarlar joylashgan joylarga uzoq masofadan turib yuqori aniqlikdagi qurollar va uchuvchisiz apparatlari yordamida 31 ta guruhli zarbalar berdi.
Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhi dushmanning 13 ta hujumini qaytardilar, front chizig‘ining ayrim bo‘laklarida o‘z pozitsiyalarini yaxshiladilar. Shuningdek Sinkovka, Ivanovka, Zagoruykovka va Kiyevskiy aholi punktlarida UQKnng 10-tog‘, 57-moto-o‘qchi, 14, 43, 53 va 67 mexanizatsiyalashgan brigadalari shaxsiy tarkibi va texnikasi joylashgan pozitsiyalarga artilleriya zarbalari berildi.
Hafta davomida dushman yo‘qotishlari 305 dan ortiq harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar mashina, 16 ta mashina va 7ta artilleriya to‘pini tashkil etdi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari aviatsiya, artilleriya va og‘ir o‘t ochish tizimlari yordamida Ukraina Milliy gvardiyasining 5-brigadasi, 12-maxsus kuchlar brigadasi, UQKning 24, 47 va 67-mexanizatsiyalashgan brigadalarining 10ta hujumni qaytardi. Bundan tashqari, Torskoe, Krasniy Liman, Serebranka va Grigorovka aholi punktlari hududlarida Milliy gvardiyaning 31-brigadasi, shuningdek, 117 va 125-hududiy mudofaa brigadalarining ishchi kuchi va texnikasiga zarba berildi.
UQKnng umumiy yo‘qotishlari 740 dan ortiq harbiy xizmatchi (Qurbonlar va yaralanganlar), oltita zirhli jangovar texnikani, 15 ta texnikani va uchta dala artilleriyasini tashkil etdi.
Donesk yo‘nalishida "Janub" qo‘shinlar guruhi Marinka, Kurdumovka, Vasukovka, Artemovsk, Andreyevka va Klesheyevka aholi punktlari hududlarida dushmanning 22 ta hujumini qaytardi. Hafta davomida dushmanning yo‘qotishlari 1680 dan ortiq harbiy xizmatchi (qurbonlar va yaralangan) , to‘rtta tank, o‘nta zirhli jangovar texnika, 18ta texnika va 14ta dala artilleriya tizimini tashkil etdi.
Janubiy Donesk yo‘nalishida "Sharq" qo‘shinlar guruhi dushmanning ikkita hujumini qaytardi va yanada qulayroq pozitsiyalarni egallab oldi. UQKning Novomixaylovka, Staromayorskoe, Nikolskoe, Shevchenko, Novodoneskoe va Konstantinovka aholi punktlari hududida joylashgan 58-moto-o‘qchi, 72-mexanizatsiyalashgan, 79-havo hujumi brigadalari, shuningdek 127- va 128-hududiy mudofaa brigadalariga artilleriya zarbasi berildi.
Hafta davomida UQK yo‘qotishlari 625 dan ortiq harbiy xizmatchi, 7 ta zirhli jangovar mashina, 16 ta mashina va 13 ta dala artilleriya to‘pini tashkil etdi.
Zaporoje yo‘nalishida Rabotino va Verbovoe aholi punktlari hududlarida dushmanning 11 ta hujumini qaytarildi. Undan tashqari Malaya Tokmachka, Uspenovka i Novoandreyevka aholi punktlari hududlarida UQKning 71-yeger, 82-havo hujumi, 33, 65 va 118-mexanizatsiyalashgan brigadalarining ishchi kuchi va texnikasiga zarba berildi.
Hafta davomida dushman yo‘qotishlari 435 nafargacha harbiy xizmatchi, uchta tank, 21 zirhli jangovar mashinasi, 22 ta mashina va to‘rtta dala artilleriya qurollarini tashkil etdi.
Xerson yo‘nalishida dushman Dneprning chap qirg‘og‘i va orollarga jangovar guruhlarni tushirishga muvaffaqiyatsiz urindi. Rossiya qo‘shinlarining oldindan berilgan zarbalari natijasida hafta davomida UQK ushbu yo‘nalishdagi 405 nafar harbiy xizmatchi, 11 dala artilleriya quroli, 12 ta qayiq va 26 ta mashinani yo‘qotdi.
Shuningdek, Xerson viloyatining Taginka, Tokarevka va Sadovoe aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining 35 va 36-dengiz piyodalari brigadalari bo‘linmalari mag‘lubiyatga uchradi. Bundan tashqari, 39 nafar ukrainalik harbiy asirga olindi.
Rossiya aviatsiyasi va raketa kuchlari hafta davomida S-300 zenit-raketa majmuasining radar stansiyasini, shuningdek, AQShda ishlab chiqarilgan ikkita artilleriyaga qarshi AN/TPQ-50 radar stansiyalarini yo‘q qildi.
Qora dengiz flotining Qora dengizdagi harbiy-dengiz aviatsiyasi Ukraina Qurolli kuchlarining Qrim yarim oroli yo‘nalishida harakatlanayotgan 12 ta ekipajsiz katerlarini yo‘q qildi.
Havo mudofaa tizimlari urib tushirildi: Mig-29 samolyoti va Ukraina Harbiy-havo kuchlarining Mi-8 vertoloti. Bundan tashqari, 15 ta AQShda ishlab chiqarilgan HIMARS va Olxa raketalari, ikkita "Neptun" kemaga qarshi raketasi va 176 ta uchuvchisiz apparatlar yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan beri, Ukraina jami 537 ta samolyot, 255 ta vertolot, 9165 ta uchuvchisiz uchish apparati, 442 ta zenit-raketa tizimi, 13586 ta tank va boshqa zirhli jangovar mashinalar, 1185 ta ko‘p raketali jangovar texnika, 7166 ta dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 15572 dona maxsus harbiy avtomobilaridan mahrum bo‘ldi.
* Rossiyada ta’qiqlangan terrorchi guruh.
Yangiliklar lentasi
0