https://oz.sputniknews.uz/20231124/bokudagi-speca-sammitidan-nimalarni-kutish-kerak--ekspert-41224435.html
Bokudagi SPECA sammitidan nimalarni kutish kerak — ekspert
Bokudagi SPECA sammitidan nimalarni kutish kerak — ekspert
Sputnik O‘zbekiston
Ozarbayjon Markaziy Osiyo mintaqasi bilan yagona geoiqtisodiy makon yaratish, chaqiriq va tahdidlarning birgalikda oldini olish maqsadida hamkorlik qilishni maqsad qilgan, deydi siyosatshunos Tofig Abbosov Sputnik Ozarbayjonga. Bugun Bokuda SPECA (BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyoti uchun maxsus dasturi) davlatlari sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Unda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston prezidentlari ishtirok etmoqda. Shuningdek Vengriya bosh vaziri Viktor Orban ham mehmon sifatida ishtirok etmoqda.
2023-11-24T13:48+0500
2023-11-24T13:48+0500
2023-11-24T14:05+0500
analitika
ozarbayjon
bmt
markaziy osiyo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/651/79/6517934_15:0:977:541_1920x0_80_0_0_0fbe3bc07479c26ac75e50bb08fafbea.jpg
TOShKENT, 24 noya – Sputnik. Ozarbayjon Markaziy Osiyo mintaqasi bilan yagona geoiqtisodiy makon yaratish, chaqiriq va tahdidlarning birgalikda oldini olish maqsadida hamkorlik qilishni maqsad qilgan, deydi siyosatshunos Tofig Abbosov Sputnik Ozarbayjonga.Bugun Bokuda SPECA (BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyoti uchun maxsus dasturi) davlatlari sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Unda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston prezidentlari ishtirok etmoqda. Shuningdek Vengriya bosh vaziri Viktor Orban ham mehmon sifatida ishtirok etmoqda. “Bokudagi SPECA sammiti, albatta, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning tashabbusi. Hozir, umuman olganda, Yevroosiyo qit’asida yangi vaziyat shakllanmoqda – yanada qulay, yanada umidli. Biroz oldin Ilhom Aliyev Ozarbayjon va Markaziy Osiyo davlatlari yagona geoiqtisodiy va geosiyosiy format tashkil etishini, ya’ni bu yagona hudud ekanini ta’kidlagan edi", - dedi Abbosov.Mutaxassisning aytishiga ko‘ra, aksariyat G‘arb tahlil markazlari Kavkaz mintaqasi va Markaziy Osiyo davlatlarini bir butun deb hisoblaydi va ular haqiqatdan uzoq emas."Shuni hisobga olgan holda Ozarbayjon prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro munosabatlarni tezlashtirish maqsadida yangi tashabbuslarni ilgari surmoqda”, - deydi siyosatshunos.Ekspertning fikricha, Ozarbayjon va Markaziy Osiyo davlatlarining turli platformalarda, jumladan, MDH, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida hamkorligi — nafaqat iqtisodiy integratsiyani oshirish, balki yangi xavf va chaqiriqlar davrida bir-birini qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/651/79/6517934_135:0:856:541_1920x0_80_0_0_0fbdd1ffc28d74e4ec5ddf98cddf0e7e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
boku speca bmtning markaziy osiyo iqtisodiyoti uchun maxsus dasturi
boku speca bmtning markaziy osiyo iqtisodiyoti uchun maxsus dasturi
Bokudagi SPECA sammitidan nimalarni kutish kerak — ekspert
13:48 24.11.2023 (yangilandi: 14:05 24.11.2023) Ozarbayjon bugun Markaziy Osiyo davlatlari bilan turli platformalarda – MDH, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Turkiy davlatlar tashkiloti bilan faol hamkorlik qilmoqda.
TOShKENT, 24 noya – Sputnik. Ozarbayjon Markaziy Osiyo mintaqasi bilan yagona geoiqtisodiy makon yaratish, chaqiriq va tahdidlarning birgalikda oldini olish maqsadida hamkorlik qilishni maqsad qilgan,
deydi siyosatshunos Tofig Abbosov Sputnik Ozarbayjonga.
Bugun Bokuda SPECA (BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyoti uchun maxsus dasturi) davlatlari sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Unda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston prezidentlari ishtirok etmoqda. Shuningdek Vengriya bosh vaziri Viktor Orban ham mehmon sifatida ishtirok etmoqda.
“Bokudagi SPECA sammiti, albatta, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning tashabbusi. Hozir, umuman olganda, Yevroosiyo qit’asida yangi vaziyat shakllanmoqda – yanada qulay, yanada umidli. Biroz oldin Ilhom Aliyev Ozarbayjon va Markaziy Osiyo davlatlari yagona geoiqtisodiy va geosiyosiy format tashkil etishini, ya’ni bu yagona hudud ekanini ta’kidlagan edi", - dedi Abbosov.
Mutaxassisning aytishiga ko‘ra, aksariyat G‘arb tahlil markazlari Kavkaz mintaqasi va Markaziy Osiyo davlatlarini bir butun deb hisoblaydi va ular haqiqatdan uzoq emas.
"Shuni hisobga olgan holda Ozarbayjon prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro munosabatlarni tezlashtirish maqsadida yangi tashabbuslarni ilgari surmoqda”, - deydi siyosatshunos.
"Biz energiya generatsiyasida ilg‘ormiz. Yashil energetikani rivojlantirishda ham birinchilar qatoridamiz, chunki bizda qayta tiklanadigan energiyaning ko‘plab manbalari mavjud - quyosh, shamol va suv. Ozarbayjon bugun kelajakni ta’minlovchi yangi texnologiyalarni joriy etmoqda. Bu juda yaxshi tendensiya va u Kaspiy dengizining narigi tomonidagi hamkorlarimizga ham qiziq bo‘lishi mumkin", - dedi Abbosov.
Ekspertning fikricha, Ozarbayjon va Markaziy Osiyo davlatlarining turli platformalarda, jumladan, MDH, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida hamkorligi — nafaqat iqtisodiy integratsiyani oshirish, balki yangi xavf va chaqiriqlar davrida bir-birini qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi.
“Ozarbayjon o‘zining tabiiy imkoniyatlaridan foydalangan holda global integratsiyaga yanada salmoqli hissa qo‘shish niyatida va Markaziy Osiyo bilan birgalikda o‘zining transport va energetika koridorlari imkoniyatlaridan foydalanishga bel bog‘lagan. Kavkaz va Markaziy Osiyo Yevroosiyo yagona tizimining ajralmas bo‘lagi ekan, ular birgalikda zamon chaqiriqlariga munosib javob berish va voqealarni oldindan ko‘ra bilishi kerak", — deya xulosa qildi siyosatshunos.