Rossiyadan don eksporti uchun kvotalar YeOII mamlakatlariga ta’sir qilmaydi

© Sputnik / Vitaliy BelousovPshenitsa na polyax, arxivnoe foto
Pshenitsa na polyax, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2023
Obuna bo‘lish
Rossiyadan 24 million tonnalik don eksporti uchun tarif kvotasi 2024-yil 15-fevraldan 30-iyungacha amal qiladi.
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Bojxona va tariflarni tartibga solish bo‘yicha kichik qo‘mita Rossiya Federatsiyasidan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) a’zosi bo‘lmagan davlatlarga don eksporti uchun 24 million tonna miqdorida tarif kvotasi qo‘llab-quvvatladi. Bu haqida RIA Novosti Rossiya Federatsiyasi vazirlar mahkamasiga tayanib xabar berdi.
“Qishloq xo‘jaligi vazirligi va iqtisodiy rivojlanish vazirligining Rossiya Federatsiyasidan tashqaridagi asosiy donni (bug‘doy, arpa, makkajo‘xori, javdar) Yevroosiyo iqtisodiy Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan davlatlarga 24 mln tonna miqdorida eksport qilish uchun tarif kvotasini belgilash to‘g‘risidagi taklifi qo‘llab-quvvatlandi”, — deyiladi xabarda.
Kvota 2024-yil 15-fevraldan 30-iyungacha amal qilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) a’zo davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi 12 mlrd 877 mln 4 ming dollarini tashkil etdi.
Yangiliklar lentasi
0