YeI ittifoqqa a’zolik masalasida Ukrainaga ustunlik bermasligi kerak — Avstriya TIV

© AP Photo / Lisa LeutnerMinistr inostrannix del Avstrii Aleksandr Shallenberg. Arxivnoe foto
Ministr inostrannix del Avstrii Aleksandr Shallenberg. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2023
Obuna bo‘lish
TIV: Agar Yevrokomissiya G‘arbiy Bolqon mamlakatlariga “lupa ostida, Ukrainaga esa pushti rangli ko‘zoynaklar bilan” qarasa, bu “geostrategik falokat” bo‘ladi.
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Yevropa Ittifoqi rahbarlari ittifoqqa a’zolik bo‘yicha muzokaralarni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilishda Ukrainani Bosniya va Gersegovinadan ustun qo‘ymasliklari kerak. Bu haqda "Financial Times" gazetasiga bergan intervusida Avstriya tashqi ishlar vaziri Aleksandr Shallenberg ma’lum qildi, deya yozmoqda RIA Novosti.
“Yevroittifoq yetakchilari kelasi oy YeIga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilishda G‘arbiy Bolqondan ko‘ra Ukrainaga ustunlik bermasliklari kerak”, — deya Shallenberg so‘zlarini keltiradi nashr.
Avstriya Tashqi ishlar vazirligi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, agar Yevrokomissiya G‘arbiy Bolqon mamlakatlariga “lupa ostida, Ukrainaga esa pushti rangli ko‘zoynaklar bilan” qarasa, bu “geostrategik falokat” bo‘ladi.
Bizda ba’zi guruhlar tezkor yo‘lakda, boshqalari esa xizmat ko‘rsatish chizig‘ida bo‘lishi mumkin emas, deya qo‘shimcha qildi u. Shu bilan birga, "Financial Times" nashrining ta’kidlashicha, u "Rossiya ta’siriga qarshi turish" uchun Ukraina va Bosniya va Gersegovinani Yevropa Ittifoqi orbitasida birlashtirish muhimligini aytgan.
Agar Bosniya va Gersegovinaga ham yashil chiroq yoqilmasa, Avstriya Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga kirishi haqidagi muzokaralar boshlanishiga veto qo‘yish imkoniyatini ko‘rib chiqaptimi, degan savolga Shallenberg munozaralar “allaqachon to‘g‘ri yo‘nalishda ketayotganini” aytdi.

“Ammo... 20-yildan beri kutayotgan mintaqada muammo yaratmaylik... (Albaniya bosh vaziri) Edi Rama aytganidek, agar men uni to‘g‘ri keltirgan bo‘lsam, e’tiboringizni jalb qilish uchun Bolqonda urush boshlashimiz kerakmi?”, - deya qo‘shimcha qildi Shallenberg.

Shuningdek, u "juda qizg‘in bahs-munozara kutilayotganini va biz signallar geostrategik sabablarga ko‘ra har ikki yo‘nalishda ham bir xil bo‘lishini istaymiz", deb ta’kidladi.
Nashrning yozishicha, Avstriya tashqi ishlar vazirligi rahbari YeIning bosqichma-bosqich kengayishi tarafdori. Uning fikricha, Yevropa Ittifoqi bu masalaga boshqacha yondashuvga muhtoj. Agar eskisi qolsa, "Ukraina hech qachon uning bir qismi bo‘lmaydi ... ma’lum darajada."
Yangiliklar lentasi
0