Sputnik Uzbekistan v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

"Tik-Tokni yopsang boshqasi ochiladi, kerak bo‘lsa yoshlar VPNdan foydalanadi" — ekspert

© Sputnik / Maksim BlinovIjtimoiy tarmoqlar
Ijtimoiy tarmoqlar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.11.2023
Obuna bo‘lish
Ctrategik izlanishlar va prognozlar instituti direktori Dmitriy Yegorchenkov: platformalarga qarshi emas, tarqatilayotgan yolg‘on axborotlarga qarshi to‘g‘ri axborot oqimini yaratishimiz kerak.
TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Tik-Tokni yopsang boshqasi ochiladi, kerak bo‘lsa yoshlar VPNdan foydalanishni ham biladi. Bu haqida Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti Ctrategik izlanishlar va prognozlar instituti direktori Dmitriy Yegorchenkov Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida bo‘lib o‘tgan videoko‘prikda ma’lum qildi.
Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida Moskva - Minsk - Ostona - Yerevan - Toshkent - Tbilisi "Raqamli proksi urushlar: ijtimoiy tarmoqlar fuqarolar ongini qanday manipulyatsiya qilmoqda" mavzusida videoko‘prik bo‘lib o‘tdi.
Ishtirokchilar, fuqarolar ongini manipulyatsiya qilishda G‘arb texnologiyalari xavfi, xorijiy mamlakatlar media makonida axborot xurujlari, axborot sabotaji, axborot proksi urushlari kabi masalalarda so‘z yuritishdi.
Yoshlarni soxta axborotdan qanday himoya qilish kerak degan savolga rossiyalik ekspert “yolg‘on axborotlarga qarshi to‘g‘ri axborot oqimini yaratish kerak”, degan javob berdi.
“Tik-Tokni yopsang boshqasi ochiladi, kerak bo‘lsa yoshlar VPNdan foydalanishni ham biladi. Shuni uchun platformalarga qarshi emas, tarqatilayotgan yolg‘on axborotlarga qarshi to‘g‘ri axborot oqimini yaratishimiz kerak”, — deydi Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti Ctrategik izlanishlar va prognozlar instituti direktori Dmitriy Yegorchenkov.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yildan TikTok ijtimoiy tarmog‘i “Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonun talablarini buzgani uchun Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestriga kiritilgan. O‘tgan yili Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov TikTok kompaniyasi vitse-prezidenti Teo Bertram bilan uchrashuvda O‘zbekistonda TikTok vakolatxonasini ochishni taklif qilgandi.
Yangiliklar lentasi
0