Shavkat Mirziyoyev Bokuga boradi — tashrifdan maqsad

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev. Arxiv surat
Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev. Arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.11.2023
Obuna bo‘lish
Davlat rahbari Bokuda BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi (SPEKA) birinchi sammitida ishtirok etadi.
TOShKENT, 22 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 23-24 noyabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Davlat rahbari Bokuda BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi (SPEKA) birinchi sammitida ishtirok etadi.
Tadbir kun tartibidan dastur doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, mintaqaviy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun Maqsadli fond tashkil etish, transport yo‘laklarini raqamlashtirish uchun “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish, ishbilarmonlik tashabbuslarini ilgari surish va boshqa masalalar o‘rin olgan.
SPEKA dasturi mintaqa mamlakatlarining iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish hamda ularning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuviga ko‘maklashish maqsadida 1998-yil 26-mart kuni Toshkent deklaratsiyasiga muvofiq ta’sis etilgan. Ishtirokchi davlatlar – O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston.
Shu kunlarda Boku shahrida SPEKAning qator ishbilarmonlik tadbirlari, shu jumladan iqtisodiy forum va Markaziy Osiyo mamlakatlarining sanoat salohiyati ko‘rgazmasi o‘tmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-23 avgust kunlari davlat tashrifi bilan Ozarbayjonda bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0