Sanitariya meyorlarini buzganlik uchun jarima miqdori oshirildi

© Sputnik / Aleksandr Kondratuk / Mediabankka o‘tishVeterinarnaya stansiya. Arxivnoe foto
Veterinarnaya stansiya. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.11.2023
Obuna bo‘lish
Endilikda sanitariya meyorlarini buzganlik uchun fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima qo‘llaniladi.
TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Sanitariya meyorlarini buzganlik uchun jarima miqdori oshirildi. Bu haqida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bo‘limi boshlig‘i Abzaljon Alimdjanov Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-878-sonli qonuni bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirishlar kiritildi. Unga ko‘ra, sanitariya meyorlarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda.
Demak, endilikda sanitariya meyorlarini buzganlik uchun fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima qo‘llaniladi.

"Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha (avvalgi tahrirda 1 barobardan 3 barobargacha), mansabdor shaxslarga esa - 10 baravaridan 20 baravarigacha (avvalgi tahrirda 5 barobardan 10 barobargacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi", — dedi Alimdjanov.

Qo‘mita va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amaldagi 100 dan ortiq sanitariya qoida va normalar asosida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun yuridik va jismoniy shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilishlari mumkin.
Jarima quyidagi holatlarda qo‘llaniladi:
sanitariya to‘g‘risidagi qonunchilik va veterinariya qoidalari buzilganda;
o‘zganing tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanilganda;
hayvonlarning yuqumli kasalliklari o‘choqlari aniqlanganda karantin qoidalari, veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarning xavfsizligi normalari buzilganda.
Hujjatning 7-moddasida bu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kirishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari – davlat idora va tashkilotlari hamda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishi shart bo‘lgan aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi talablarni belgilaydigan hujjatlardir.
Shuningdek, mahsulot va xizmatlarning inson hayoti va sog‘lig‘i uchun foydalanishida ularni xavfsizligini ta’minlaydigan mezonlar majmui xisoblanadi. Ular, Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan tasdiqlanadi va Adliya vazirligida majburiy tartibda huquqiy ekspertizadan o‘tkaziladi.
Aholining Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risidagi qonunning 39-moddasiga asosan, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0