https://oz.sputniknews.uz/20231121/ozbekiston-eoii-tashqi-savdo-aylanmasi-41148226.html
O‘zbekistonning YeOII bilan tashqi savdo aylanmasi 12,8 mlrd dollarni tashkil etdi
O‘zbekistonning YeOII bilan tashqi savdo aylanmasi 12,8 mlrd dollarni tashkil etdi
Sputnik O‘zbekiston
Tashqi savdo aylanmasining katta qismi Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi — 7 mlrd 930 mln dollar (2022 yilning shu davri uchun 7,5 milliard dollar). Shundan, eksport 2 mlrd 668 mln 2 ming dollarga, import esa 5 mlrd 261 mln 8 ming dollarga teng bo‘ldi.
2023-11-21T12:29+0500
2023-11-21T12:29+0500
2023-11-21T17:32+0500
o‘zbekiston
yeoii
eksport
savdo
o‘zbekiston va yeoii
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/0c/15587768_0:18:1620:930_1920x0_80_0_0_5d97f4366affff1dde2709c2b4255ae1.jpg
TOShKENT, 21 noya — Sputnik. O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) a’zo davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi 12 mlrd 877 mln 4 ming dollarini tashkil etdi. Bu haqida Statistika agentligi xabar berdi.Yanvar-oktabr oylarida eksport hajmi 4 mlrd 535 mln 5 ming dollar, import hajmi esa 8 mlrd 342 mln dollarga yetdi.Tashqi savdo aylanmasining katta qismi Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi — 7 mlrd 930 mln dollar (2022 yilning shu davri uchun 7,5 milliard dollar). Shundan, eksport 2 mlrd 668 mln 2 ming dollarga, import esa 5 mlrd 261 mln 8 ming dollarga teng bo‘ldi.Qayd etilishicha, YeOIIning a’zo davlatlari (Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Armaniston va Qirg‘iz Respublikasi) o‘rtasida tovarlar va xizmatlar harakati, migrantlar harakatlanishi va kapital harakatining erkinligi ta’minlangan bo‘lib, yagona bojxona tizimiga ega bo‘lgan umumiy iqtisodiy hudud shakllantirilgan.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) davlatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2023-yilning yetti oyi davomida 8,7 milliard dollarni tashkil etgan edi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/0c/15587768_123:0:1563:1080_1920x0_80_0_0_f2dd1a25bcc57038716f3c5abd76607d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston yeoii bilan tashqi savdo aylanmasi ma’lumot
o‘zbekiston yeoii bilan tashqi savdo aylanmasi ma’lumot
O‘zbekistonning YeOII bilan tashqi savdo aylanmasi 12,8 mlrd dollarni tashkil etdi
12:29 21.11.2023 (yangilandi: 17:32 21.11.2023) Tashqi savdo aylanmasining katta qismi Rossiya hissasiga to‘g‘ri keldi.
TOShKENT, 21 noya — Sputnik. O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) a’zo davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi 12 mlrd 877 mln 4 ming dollarini tashkil etdi. Bu haqida Statistika agentligi
xabar berdi. Yanvar-oktabr oylarida eksport hajmi 4 mlrd 535 mln 5 ming dollar, import hajmi esa 8 mlrd 342 mln dollarga yetdi.
Tashqi savdo aylanmasining katta qismi Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi — 7 mlrd 930 mln dollar (2022 yilning shu davri uchun 7,5 milliard dollar). Shundan, eksport 2 mlrd 668 mln 2 ming dollarga, import esa 5 mlrd 261 mln 8 ming dollarga teng bo‘ldi.
Qozog‘iston bilan tashqi savdo aylanmasi 3 mlrd 592 mln 4 ming dollarni tashkil etdi. Shundan, eksport - 1 mlrd 165 mln dollar, import esa 2 mlrd 427 mln dollar.
Qirg‘iziston bilan tashqi savdo aylanmasi 814 mln dollarni tashkil etdi. Shundan, eksport - 566 mln dollar, import esa, 247 mln dollar.
Belarus bilan tashqi savdo aylanmasi 508 mln dollarni tashkil etdi. Shundan, eksport 109 mln dollar, import esa, 398 mln dollar.
Armaniston bilan tashqi savdo aylanmasi 33 mln dollarni tashkil etdi. Shundan, eksport - 26 mln dollar, import esa, 6 mln dollar.
Qayd etilishicha, YeOIIning a’zo davlatlari (Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Armaniston va Qirg‘iz Respublikasi) o‘rtasida tovarlar va xizmatlar harakati, migrantlar harakatlanishi va kapital harakatining erkinligi ta’minlangan bo‘lib, yagona bojxona tizimiga ega bo‘lgan umumiy iqtisodiy hudud shakllantirilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) davlatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2023-yilning yetti oyi davomida 8,7 milliard dollarni tashkil
etgan edi.