Toshkent “Oltin kuz” I xalqaro kamer va simfonik musiqa festivaliga mezbonlik qilmoqda

© Press-slujba Ministerstva kulturi UzbekistanaV Tashkente vpervie proxodit Mejdunarodniy festival kamernoy i simfonicheskoy muziki "Zolotaya osen"
V Tashkente vpervie proxodit Mejdunarodniy festival kamernoy i simfonicheskoy muziki Zolotaya osen - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.11.2023
Obuna bo‘lish
Festivalda Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Rossiya, Turkmaniston, Qirg‘iziston kabi turli davlatlardan ijodkorlar ishtirok etadi.
TOShKENT, 19 noya — Sputnik. Toshkentda ilk bor “Oltin kuz” I xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali bo‘lib o‘tmoqda, deya xabar berdi Madaniyat vazirligi.
Festival 18-noyabrdan 23-noyabr kuniga qadar o‘tkaziladi. Unda Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Rossiya, Turkmaniston, Qirg‘iziston kabi turli davlatlardan ijodkorlar ishtirok etadi.
“Toshkent shahridagi katta sahnalar O‘zbekiston davlat konservatoriyasining katta va organ zallarida, “Turkiston” san’at saroyi sahnasida skripka, violonchel, pianino ijrochilari, dirijorlar va hamda orkestr jamoalari o‘z san’atlarini namoyish qiladilar”, — deyiladi xabarda.
Tadbirni o‘tkazishdan maqsad – xalqaro toifadagi barcha yetakchi orkestrlar va ijrochilar o‘rtasida do‘stona munosabatlar hamda o‘zaro tajriba almashinuvini ta’minlashdir.
Aytilishicha, taklif etilgan kamer orkestr va yakka ijrochilar o‘zlarining repertuarlaridan o‘rin olgan durdona asarlarni mohirona ijrolari bilan O‘zbekistonda namoyish etishi katta maktab vazifasini o‘taydi.
Ma’lumot uchun, 2021-yilda "Oltin kuz" xalqaro simfonik musiqa festivalini tashkil etishga oid hujjat loyihasi ishlab chiqilgan edi. Unga ko‘ra, festival 2021-yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba oktabr oyida Toshkent shahrida va keyingi yillarda mamlakatning boshqa tarixiy shaharlaridan birida o‘tkazilishi belgilangan.
Yangiliklar lentasi
0