TOShKENT, 19 noya — Sputnik. Bugun respublikaning 16 ta shahrida “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasiga start berildi. Yugurish musobaqasi O‘zbekiston Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan tashkil etildi. Toshkent shahrida o‘tkazilgan tadbirda ishtirokchilar 3 va 10 km masofaga yugurish bo‘yicha bahs olib borishdi.An’anaga muvofiq, “Humo arena” majmuasining oldidagi maydon Toshkentda o‘tadigan poyganing start va finish nuqtasi sifatida belgilandi.Avvalroq “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi Toshkentda 6000 mingdan ziyod, respublika miqyosida esa 100 mingdan ortiq insonlarni jalb qilishi kutilayotgani ma’lum qilingandi. Ishtirokchilar Toshkent, Nurafshon, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Termiz, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Qorovulbozor, Qarshi, Xiva, Nukus kabi shaharlarning markaziy ko‘chalaridan davlat bayrog‘ini baland ko‘tarib olib o‘tishadi.
Yugurish musobaqasi O‘zbekiston Davlat bayrog‘i qabul qilingan kuni munosabati bilan tashkil etildi.
TOShKENT, 19 noya — Sputnik. Bugun respublikaning 16 ta shahrida “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasiga start berildi.
Yugurish musobaqasi O‘zbekiston Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan tashkil etildi. Toshkent shahrida o‘tkazilgan tadbirda ishtirokchilar 3 va 10 km masofaga yugurish bo‘yicha bahs olib borishdi.
An’anaga muvofiq, “Humo arena” majmuasining oldidagi maydon Toshkentda o‘tadigan poyganing start va finish nuqtasi sifatida belgilandi.
Avvalroq “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi Toshkentda 6000 mingdan ziyod, respublika miqyosida esa 100 mingdan ortiq insonlarni jalb qilishi kutilayotgani ma’lum qilingandi. Ishtirokchilar Toshkent, Nurafshon, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Termiz, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Qorovulbozor, Qarshi, Xiva, Nukus kabi shaharlarning markaziy ko‘chalaridan davlat bayrog‘ini baland ko‘tarib olib o‘tishadi.