https://oz.sputniknews.uz/20231118/xitoy-bilan-ekologiya-sohasida-hamkorlik-qilish-togrisida-kelishuvga-erishildi-41104822.html
Xitoy bilan ekologiya sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishuvga erishildi
Xitoy bilan ekologiya sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishuvga erishildi
Sputnik O‘zbekiston
Uchrashuvda yerlarning degradatsiyasi va barqaror yer boshqaruvi bo‘yicha tadqiqotlar olib borish, jumladan, tajriba almashish va O‘zbekistonning chang va qum bo‘ronlari xavfi yuqori bo‘lgan hududlarida qo‘shma ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
2023-11-18T10:34+0500
2023-11-18T10:34+0500
2023-11-18T10:34+0500
jamiyat
o‘zbekiston
xitoy
hamkorlik
ekologiya
aziz abduhakimov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/12/41104927_0:85:1280:806_1920x0_80_0_0_3d4d772e78511cfcb44013877f27d22e.jpg
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov Xitoyning qum bo‘ronlari va cho‘llarni nazorat qilish bo‘yicha milliy kengashi raisi An Fendzi bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.Uchrashuv BMTning cho‘llanish to‘g‘risidagi konvensiyasi (CRIC-21) ijrosini ko‘rib chiqish qo‘mitasining 21-sessiyasi doirasida o‘tkazildi.Yig‘ilishda Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin tashabbusi bilan cho‘llanish va qum bo‘ronlariga qarshi kurashish strategiyasi qabul qilingani, unda fermerlar va xususiy sektor uchun yaylovlarni subsidiyalash, shaxsiy yaylovlarni taqiqlash nazarda tutilgani, chorva mollarini ko‘paytirish va jamoaviy chorvachilikni yaratish, shuningdek, ilgari haydalgan yer uchastkalarida o‘rmon va o‘t qoplamini tiklash ta’kidlandi.O‘z navbatida Aziz Abduhakimov Xitoy tomonini O‘zbekistonning janubiy qismida chang va qum bo‘ronlari tahdidlarining kuchayishi va boshqa hududlarda ham jadalligi hamda milliy tashabbus doirasida bu ekologik muammoga qarshi kurash bo‘yicha nazorat choralaridan biri — "Yashil makon” va uning respublikada amalga oshirilishining borishi haqida batafsil ma’lumot berdi.Ma’lumot uchun, Xitoyning qum bo‘ronlari va cho‘llarni nazorat qilish bo‘yicha milliy kengashi Xitoyda cho‘llanishning oldini olish bo‘yicha yagona jamiyat bo‘lib, 1992-yilda tuzilgan. Faxriy rais – Butunxitoy xalq vakillari kengashi doimiy qo‘mitasi raisining sobiq o‘rinbosari Syu Szalu. Jamiyat yaratish to‘g‘risidagi qaror 1950-yilda Xitoyning g‘arbiy qismida kuchli qum-chang bo‘ronlari sodir bo‘lganidan keyin paydo bo‘lgan.
o‘zbekiston
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/12/41104927_63:0:1200:853_1920x0_80_0_0_d6f6b605cd17f4bec8064f433e0b9581.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
xitoy bilan ekologiya sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishuvga erishildi
xitoy bilan ekologiya sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishuvga erishildi
Xitoy bilan ekologiya sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishuvga erishildi
Uchrashuvda yerlarning degradatsiyasi va barqaror yer boshqaruvi bo‘yicha tadqiqotlar olib borish, jumladan, tajriba almashish va O‘zbekistonning chang va qum bo‘ronlari xavfi yuqori bo‘lgan hududlarida qo‘shma ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov Xitoyning qum bo‘ronlari va cho‘llarni nazorat qilish bo‘yicha milliy kengashi raisi An Fendzi bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati
xabar berdi. Uchrashuv BMTning cho‘llanish to‘g‘risidagi konvensiyasi (CRIC-21) ijrosini ko‘rib chiqish qo‘mitasining 21-sessiyasi doirasida o‘tkazildi.
Uchrashuvda yerlarning degradatsiyasi va barqaror yer boshqaruvi bo‘yicha tadqiqotlar olib borish, jumladan, tajriba almashish va O‘zbekistonning chang va qum bo‘ronlari xavfi yuqori bo‘lgan hududlarida qo‘shma ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilishda Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin tashabbusi bilan cho‘llanish va qum bo‘ronlariga qarshi kurashish strategiyasi qabul qilingani, unda fermerlar va xususiy sektor uchun yaylovlarni subsidiyalash, shaxsiy yaylovlarni taqiqlash nazarda tutilgani, chorva mollarini ko‘paytirish va jamoaviy chorvachilikni yaratish, shuningdek, ilgari haydalgan yer uchastkalarida o‘rmon va o‘t qoplamini tiklash ta’kidlandi.
O‘z navbatida Aziz Abduhakimov Xitoy tomonini O‘zbekistonning janubiy qismida chang va qum bo‘ronlari tahdidlarining kuchayishi va boshqa hududlarda ham jadalligi hamda milliy tashabbus doirasida bu ekologik muammoga qarshi kurash bo‘yicha nazorat choralaridan biri — "Yashil makon” va uning respublikada amalga oshirilishining borishi haqida batafsil ma’lumot berdi.
Uchrashuv yakunida Ekologiya vazirligi va jamiyat o‘rtasida cho‘llanish va yerlarning degradatsiyasiga qarshi kurashish sohasida ilmiy-amaliy hamkorlik to‘g‘risida Memorandum ishlab chiqish va imzolash orqali tez orada yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Ma’lumot uchun, Xitoyning qum bo‘ronlari va cho‘llarni nazorat qilish bo‘yicha milliy kengashi Xitoyda cho‘llanishning oldini olish bo‘yicha yagona jamiyat bo‘lib, 1992-yilda tuzilgan. Faxriy rais – Butunxitoy xalq vakillari kengashi doimiy qo‘mitasi raisining sobiq o‘rinbosari Syu Szalu. Jamiyat yaratish to‘g‘risidagi qaror 1950-yilda Xitoyning g‘arbiy qismida kuchli qum-chang bo‘ronlari sodir bo‘lganidan keyin paydo bo‘lgan.