Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

“U xavotirda”: AQShda Zelenskiy bilan yaqinda nima bo‘lishi ma’lum qilindi

© AP Photo / Mindaugas KulbisPrezident Ukraini Vladimir Zelenskiy vistupayet na sammite NATO v Vilnyuse 12-iyulya 2023 goda.
Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy vistupayet na sammite NATO v Vilnyuse 12-iyulya 2023 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2023
Obuna bo‘lish
Ritterning ta’kidlashicha, Zelenskiy dunyoning o‘z shaxsiga bo‘lgan e’tibori yo‘qolganidan xabardor.
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy uchun Oq uyning navbatdagi egasi kim bo‘lishi muhim emas, chunki bu vaqtga kelib u allaqachon o‘z lavozimini yo‘qotgan bo‘ladi va Rossiya bilan mojaro tugaydi, deydi AQSh Qurolli kuchlarining sobiq razvedkachisi Skott Ritter Gegenpol YouTube kanaliga bergan intervyusida.
“Agar (Donald - tahr.) Tramp kelasi yilning noyabrida bo‘lib o‘tadigan saylovda g‘alaba qozonsa, <...> u baribir 2025-yilning yanvarida bo‘ladigan inauguratsiya marosimiga qadar prezident bo‘la olmaydi. Sizni ishontirib aytamanki, o‘sha vaqtga kelib Zelenskiy Ukraina prezidenti bo‘lmaydi, sizni ishontirib aytamanki, bu vaqtda mojaro bo‘lmaydi, ishonchim komilki, bu haqda boshqa gapirilmaydi. <...> Hamma Rossiyaning Ukrainaustidan qozongan g‘alabasiva mamlakatni denatsifikatsiya qilish haqida gapiradi”, — dedi u.
Ritterning ta’kidlashicha, Zelenskiy dunyoning o‘z shaxsiga bo‘lgan e’tibori yo‘qolganidan xabardor, shuning uchun u buni qayta tiklashga astoydil harakat qilmoqda. Biroq, ekspertga ko‘ra, Ukraina rahbarining hozirda mamlakat ichida ko‘plab muammolari bor, ularni hal etishga e’tibor qaratishi kerak.
“Hozir fuqarolik va harbiy rahbariyat o‘rtasida bo‘linish kuchaymoqda, (Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy – tahr.) Zalujniyga Zelenskiyning harakatlari yoqmaydi, Zelenskiyga Zalujniyning harakatlari yoqmaydi. Kadrlar tozalanishi, Zalujniyning yo‘q qilinishi haqida gaplar yuribdi. Zalujniy ishtirokida bo‘lishi mumkin bo‘lgan davlat to‘ntarishi haqida mish-mishlar yuribdi. Menimcha, Zelenskiyda xavotirlanish uchun juda ko‘p sabablar bor <…>”, — deya xulosa qildi sobiq harbiy.
Valeriy Zalujniyning ta’kidlashicha, qarshi hujum boshi berk ko‘chaga yetdi – “ katta ehtimol bilan chuqur va chiroyli yutuq bo‘lmaydi”. Zelenskiy bosh qo‘mondonning pozitsiyasiga qo‘shilmasligini bildirib, “bu turg‘unlik emasligini” ta’kidladi.
Kremlning javobicha, Kiyev jang maydonida muvaffaqiyatga erishish imkoniyati yo‘qligini qanchalik tezroq tushunsa, vaziyatni hal qilishning ba’zi istiqbollari shunchalik tezroq ochiladi.
Yangiliklar lentasi
0