Redaksionniy sentr Sputnik Uzbekistan v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

“Natijalar kutilganidan ham yuqori” — Sibulskiy Toshkentga tashrifi haqida

© SputnikPress-konferensiya gubernatora Arxangelskoy oblasti Aleksandra Sibulskogo v press-sentre Sputnik Uzbekistan.
Press-konferensiya gubernatora Arxangelskoy oblasti Aleksandra Sibulskogo v press-sentre Sputnik Uzbekistan. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2023
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Sibulskiy ikki mamlakat ishbilarmon doiralari ishtirokidagi muzokaralar, uchrashuvlar va tashkil etilgan forumlar yuqori samaradorlikni qayd etganini aytdi.
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Arxangelsk viloyati gubernatori Aleksandr Sibulskiy Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida Toshkentga ikki kunlik tashrifi yakunlari haqida ma’lumot berdi.
Sibulskiy ikki mamlakat ishbilarmon doiralari ishtirokidagi muzokaralar, uchrashuvlar va tashkil etilgan forumlar yuqori samaradorlikni qayd etganini aytdi.
© SputnikPress-konferensiya gubernatora Arxangelskoy oblasti Aleksandra Sibulskogo v press-sentre Sputnik Uzbekistan.
Press-konferensiya gubernatora Arxangelskoy oblasti Aleksandra Sibulskogo v press-sentre Sputnik Uzbekistan. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2023
Press-konferensiya gubernatora Arxangelskoy oblasti Aleksandra Sibulskogo v press-sentre Sputnik Uzbekistan.
“Samaradorlikni ta’kidlab, uni juda yuqori deb baholay olaman. Natijalar kutilgandan ham yaxshi bo‘ldi, ikki kun juda samarador o‘tdi, aniq kelishuvlar bilan yakunlangan ko‘plab uchrashuvlar bo‘ldi. Kelgusi yil bizga, albatta, 10 millionga, ya’ni tovar aylanmasiga 25 foizga o‘sish imkonini beradi, deyishga barcha asoslar bor. Erishilgan kelishuvlar amalga oshirilsa, bugungi kunda bizning mo‘ljalimiz shunday”, — dedi Arxangelsk viloyati rahbari.
Hamkorlik istiqbollarini ta’kidlab, Aleksandr Sibulskiy quyidagi yo‘nalishlarni ko‘rsatib o‘tdi:
Arxangelsk viloyati sellyuloza-qog‘oz sanoati uchun mahsulotlar yetkazib berish;
sog‘liqni saqlash, oliy ta’lim;
O‘zbekistondan yengil sanoat mahsulotlarini yetkazib berish;
o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘nalishlarini, jumladan, investitsiyalar, biznesga yo‘naltirilgan qo‘shma loyihalar va boshqalarni kengaytirish.
Mehmonlarda qiziqish uyg‘otgan yana bir yo‘nalish suv biologik resurslari, xususan, dengiz baliqlariga bo‘lgan talab bo‘ldi.
© SputnikPress-konferensiya gubernatora Arxangelskoy oblasti Aleksandra Sibulskogo v press-sentre Sputnik Uzbekistan.
Press-konferensiya gubernatora Arxangelskoy oblasti Aleksandra Sibulskogo v press-sentre Sputnik Uzbekistan. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2023
Press-konferensiya gubernatora Arxangelskoy oblasti Aleksandra Sibulskogo v press-sentre Sputnik Uzbekistan.
“O‘zbekiston bozorlariga baliq mahsulotlariga kerakligi men kutganimdan ham yuqori bo‘ldi. Biz dengiz baliqlari mahsulotlari O‘zbekiston bozorlari peshtaxtalarida bo‘lishiga harakat qilamiz”, - dedi Sibulskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, delegatsiya a’zolarida O‘zbekistonda IT sohaning rivojlanish sur’atlari ham katta taassurot qoldirdi.
“Bugun bu yerda ko‘rayotganlarimiz, ochig‘ini aytsam, ba’zi sohalarda bizni o‘ylantirmoqda – bu yerda amalga oshirilgan ko‘p ishlar, tajribani o‘zlashtirib olsa bo‘ladi”, - dedi gubernator.
Eslatib o‘tamiz, viloyat gubernatori boshchiligidagi Arxangelsk viloyati ishbilarmon doiralari delegatsiyasi joriy yilning 15-18 noyabr kunlari O‘zbekistonda bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0