Davlat bayrog‘idan qanday hollarda foydalanish mumkin emas? — Qoidalar

Obuna bo‘lish
Davlat bayrog‘idan foydalanish qoidalarini bilasizmi? Qanday hollardan bayroqdan foydalanish mumkin emas? Batafsil videolavhamizda.
TOShKENT, 17 noya — Sputnik. O‘zbekiston Davlat bayrog‘idan foydalanish qoidalari maxsus qonunga asosan belgilangan.

Davlat bayrog‘idan qaysi holatlarda foydalanish mumkin?

Jamoat joylarida, binolarda, yashash yoki ish joylarida, transport salonida;
Tantanali tadbirlar, sport musobaqalarida
O‘zbekiston sportchilari kiyimlarida foydalanish mumkin.
Harbiy xizmatchilar dafn marosimlarida;

Qanday holatlar bayroqqa hurmatsizlikni bildiradi?

Bayroqdan yirtilgan, ifloslangan va boshqa nomaqbul tarzda foydalanish;
Biror-bir narsa uchun ustki yoping‘ich sifatida foydalanish;
O‘tiradigan joylarga yoki oyoq ostiga to‘shash yoki tasvirlash;
Kiyim-kechak, dastro‘mol yoki ko‘rpa-to‘shak sifatida foydalanish;
Tashlab yuborish uchun mo‘ljallangan buyumlarga bosib chiqarish;
Odob-axloq va jamiyatda yurish-turish qoidalariga zid foydalanish ham mumkin emas.
Yangiliklar lentasi
0