Xitoyda ShHTning mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha forumi o‘tkaziladi

© Sputnik / Bolat ShayxinovFlag Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva i flagi stran-uchastnis ShOS. Arxivnoe foto
Flag Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva i flagi stran-uchastnis ShOS. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2023
Obuna bo‘lish
Joriy yilning 20-29 noyabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha beshinchi forumi o‘tkaziladi.
TOShKENT, 17 noya – Sputnik. Xitoyda 20-29 noyabr kunlari Shanxay Hamkorlik Tashkilotining (ShHT) mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha beshinchi forumi o‘tkaziladi. Bu haqda Xitoy mudofaa vazirligida ma’lum qilindi.
“Xitoy Mudofaa vazirligi 2023-yilning 20-29 noyabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha beshinchi forumini o‘tkazadi, unga ShHTga a’zo davlatlar, kuzatuvchi davlatlar va muloqot bo‘yicha hamkor davlatlar mudofaa vazirliklari vakillari, ekspert va olimlar taklif etiladi”, - deyiladi xabarda.
Forum doirasida ekspert ma’ruzalari, seminarlar va ishtirokchilar o‘rtasida fikr almashishlar ko‘zda tutilgan.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad forum ishtirokchi davlatlari harbiylari o‘rtasida o‘zaro tushunishni oshirish va o‘zaro ishonchni mustahkamlash, ShHTning mudofaa va xavfsizlik sohasidagi hamkorligini chuqurlashtirish yo‘llarini o‘rganish va muhokama qilishdan iborat.
ShHT 2001-yilda tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. Unga Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston va O‘zbekistona’zo. Kuzatuvchi davlatlar – Afg‘oniston, Belarus va Mo‘g‘uliston, hamkor davlatlar – Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, BAA, Turkiya va Shri-Lanka.
Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti 2024-yil iyul oyida Ostonada bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0