Putin Umar Xayyomdan parcha o‘qib berdi

© Sputnik / POOL / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin. Arxivnoe foto
Prezident RF V. Putin. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2023
Obuna bo‘lish
Putin xalqaro munosabatlarda madaniyatning o‘rni, Rossiyani bekor qilish siyosati va boshqa masalalar haqida nima dedi.
TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro madaniyat forumida buyuk Sharq faylasufi Umar Hayyom ruboiysidan parcha o‘qib berdi.
Prezident o‘qib bergan satrlar o‘z yurti va jamoasidan ajralgan odam baxtli bo‘la olmasligi haqida edi. Putin buni maxsus operatsiya boshlangan vaqti Rossiyani tark etgan va xorijdan turib uni tanqid qilgan ayrim Rossiya madaniyat sohasi vakillariga qaratilgan edi.

Rossiya prezidentning boshqa muhim fikrlari:

Millatlar va davlatlar orasida do‘stlik ko‘priklari o‘rnatish — bu madaniyat va san’atning asosiy vazifasi. Harbiylar va siyosatchilarga bu ish juda qiyin bo‘ladi;
G‘arb tomonidan Rossiya madaniyatini "bekor" qilishga urinish bu kaltafahmlik, chunki san’at chegara bilmaydi. Rossiya barcha davlatlar bilan hamkorlik qilish va ko‘p qirrali dunyo barpo etishni maqsad qilgan;
— Agar derazadan sovuq shamol esayotgan bo‘lsa, shamollab qolmaslik uchun, uni yopib qo‘yish ham mumkin, - dedi Putin, -bir vaqtlar Potr 1 Yevropaga "darcha ochgan" edi, hozirgi sharoitlarda Rossiya buni yopib qo‘yishni istaydimi?, - degan savolga javoban.
Lekin aslida Rossiya hozir o‘zini juda yaxshi his qilayapti va aslida hech kim bilan munosabatlarni uzishni "na eshikni na derazani yopishni" istamaydi, deb javob berdi Putin.
"Transgenderlar va boshqa jinsiy kamsonlilar ham jamiyatning bir qismi, ular ham har xil tanlovlarda g‘olib bo‘lishi mumkin, lekin faqat ular g‘olib bo‘laverishi — bu yomon, - dedi Putin.
"Rossiya YuNESKO va BMTdan chiqishi uchun sabab ko‘rmayapman. Bizning munosabatlarimiz ham loyihalarimiz ham yaxshi. Rossiya bu tashkilotlarning asoschilaridan biri".
So‘nggi 10-yilda Rossiya madaniyat loyihalari uchun xarajatlarni 20 baravar oshirdi.
Rossiyada jamoatchilik hududida xorijiy so‘zlardan foydalanish cheklanishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0