https://oz.sputniknews.uz/20231117/ozbekiston-tojikiston-bilan-mintaqaviy-platformalarda-hamkorlikni-rivojlantiradi-41072618.html
O‘zbekiston Tojikiston bilan mintaqaviy platformalarda hamkorlikni rivojlantiradi
O‘zbekiston Tojikiston bilan mintaqaviy platformalarda hamkorlikni rivojlantiradi
Sputnik O‘zbekiston
BMT Konvensiyasi (CRIC-21) ijrosini ko‘rib chiqish qo‘mitasining 21-sessiyasi doirasida uchrashuv o‘tkazildi.
2023-11-17T11:59+0500
2023-11-17T11:59+0500
2023-11-17T12:11+0500
jamiyat
o‘zbekiston
tojikiston
ekologiya
uchrashuv
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/11/41072724_0:132:1280:853_1920x0_80_0_0_bc86a18891d286b845e738dc2d5fdef1.jpg
TOShKENT, 17 noya – Sputnik. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining birinchi o‘rinbosari Obidjon Qudratov Tojikiston hukumati huzuridagi Atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Abduqodir Mavlodod bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.Uchrashuv BMT Konvensiyasi (CRIC-21) ijrosini ko‘rib chiqish qo‘mitasining 21-sessiyasi doirasida o‘tkazildi. Shuningdek, tabiat chegara bilmasligini hisobga olgan holda Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishining barcha sohalarida mintaqaviy va transchegaraviy rivojlanish muhim ekanligini ta’kidladilar.Tomonlar 30-noyabr-12 dekabrda Dubayda bo‘ladigan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasi ishtirokchilarining bo‘lajak 28-konferensiyasi doirasidagi qo‘shma reja va harakatlarni muhokama qildilar.Uchrashuv yakunida boshqarmalar o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida va mintaqaviy platformalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida kelishuvga erishildi.
o‘zbekiston
tojikiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/11/41072724_185:149:1070:813_1920x0_80_0_0_3c0d65afff6a86bcce35b1e32c0fae92.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston tojikiston bilan mintaqaviy platformalarda hamkorlikni rivojlantiradi
o‘zbekiston tojikiston bilan mintaqaviy platformalarda hamkorlikni rivojlantiradi
O‘zbekiston Tojikiston bilan mintaqaviy platformalarda hamkorlikni rivojlantiradi
11:59 17.11.2023 (yangilandi: 12:11 17.11.2023) BMT Konvensiyasi (CRIC-21) ijrosini ko‘rib chiqish qo‘mitasining 21-sessiyasi doirasida uchrashuv o‘tkazildi.
TOShKENT, 17 noya – Sputnik. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining birinchi o‘rinbosari Obidjon Qudratov Tojikiston hukumati huzuridagi Atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Abduqodir Mavlodod bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati
xabar berdi. Uchrashuv BMT Konvensiyasi (CRIC-21) ijrosini ko‘rib chiqish qo‘mitasining 21-sessiyasi doirasida o‘tkazildi.
Uchrashuvda tomonlar vazirlik va qo‘mita mutaxassislari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan bir qator muvaffaqiyatli loyihalar, xususan, transchegaraviy hamkorlik, jumladan, O‘zbekiston-Tojikiston chegarasida transchegaraviy zona yaratish, migratsiya turlarini birgalikda monitoring qilish bo‘yicha qo‘shma trening va seminarlar o‘tkazilayotganini qayd etdilar.
Shuningdek, tabiat chegara bilmasligini hisobga olgan holda Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishining barcha sohalarida mintaqaviy va transchegaraviy rivojlanish muhim ekanligini ta’kidladilar.
Tomonlar 30-noyabr-12 dekabrda Dubayda bo‘ladigan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasi ishtirokchilarining bo‘lajak 28-konferensiyasi doirasidagi qo‘shma reja va harakatlarni muhokama qildilar.
Bundan tashqari, Tojikiston tomoniga 2024-yilning 12–17 fevral kunlari Samarqandda o‘tkaziladigan Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlash to‘g‘risidagi konvensiya ishtirokchilari konferensiyasining o‘n to‘rtinchi yig‘ilishida ishtirok etish va ushbu konferensiyada Markaziy Osiyo mintaqasi nomidan vakillik qilish taklif etildi.
Uchrashuv yakunida boshqarmalar o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida va mintaqaviy platformalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida kelishuvga erishildi.