O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Xitoyga boradi

© Baxtiyor SaidovTashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2023
Obuna bo‘lish
Mao Ninning qayd etishicha, tashrif davomida Saidov Xitoy va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirlari o‘rtasidagi birinchi strategik muloqotda ishtirok etadi.
TOShKENT, 17 noya – Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 19-22 noyabr kunlari Xitoyda bo‘ladi, deya ma’lum qildi Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mao Nin brifingda.
“Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy burosi a’zosi, Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri Van Ining taklifiga binoan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 19-22 noyabr kunlari Xitoyda bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.
Mao Ninning qayd etishicha, tashrif davomida Saidov Xitoy va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirlari o‘rtasidagi birinchi strategik muloqotda ishtirok etadi.
Yangiliklar lentasi
0