Lavrov Moskvada Markaziy Osiyo elchilari bilan uchrashdi

© MID RFVstrecha S.V.Lavrova s poslami stran SA v Moskve
Vstrecha S.V.Lavrova s poslami stran SA v Moskve  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2023
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda o‘zaro munosabatlarning yuqori samasi hamda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Markaziy Osiyo davlatlari elchilari bilan Moskvada uchrashdi.
Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri S.V. Lavrov Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston va O‘zbekiston Respublikasining Moskva shahrida akkreditatsiyadan o‘tgan elchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tadbirda Rossiya va MO davlatlarining ham ikki tomonlama ham umumiy xalqaro birlashmalar, jumladan MDH, YeOII, ODKB, ShHT doirasidagi o‘zaro hamkorligiga har tomonlama baho berildi.
Shuningdek, tomonlar savdo-iqtisodiy munosabatlar barqarorligi, tovar ayirboshlash hajmi oshib borayotgani, ilm-fan, ta’lim, madaniy-gumanitar aloqalarning yaqinligini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari orasida strategik sheriklik — xavfsizlik va mintaqaviy barqarorlikni ta’minlashga qartilganini alohida qayd etildi.
Undan tashqari, 2022-yil 14-oktabrda Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan "SA5+Rossiya" formatidagi hamkorlik masalalari va ushbu mexanizmning birinchi sammiti natijalarini amalga oshirish masalalari alohida ko‘rib chiqilib, suvdan foydalanish va Orol dengizi mintaqasining ekologik muammosini hal qilish sohasilarida ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Yangiliklar lentasi
0