Toshkentda o‘zbekistonlik va rossiyalik tadbirkorlar uchrashdi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishFlag Rossii i Uzbekistana, arxivnoe foto
Flag Rossii i Uzbekistana, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.11.2023
Obuna bo‘lish
Toshkentga Rossiyaning 30 dan ortiq korxona va tashkilotlari vakillari tashrif buyurdi.
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Kuni kecha Toshkentda Rossiyaning O‘zbekistondagi Savdo vakolatxonasi huzuridagi Ishbilarmonlar klubining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqida Rossiya Federatsiyasi Savdo vakolatxonasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ishtirokchilar orasida Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov, Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi savdo vakili Konstantin Zligostev, shuningdek, respublikada faoliyat yuritayotgan Rossiyaning 30 tadan ortiq korxona va tashkiloti vakillari bor.
Muhokama qilingan masalalar:
O‘zbekistonda, shu jumladan, maxsus iqtisodiy zonalar va texnoparklar hududida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish xususiyatlari;
iqtisodiyot tarmoqlarining raqamli segmentini rivojlantirish;
Rossiya kompaniyalarining biznesini yanada rivojlantirish istiqbollari.
Tadbir “ochiq mikrofon” suhbati bilan yakunlandi. Mazkur format orqali ishtirokchilar muvaffaqiyat tarixi va o‘z faoliyatlari davomida duch keladigan qiyinchiliklarni aytib berishgan. Tomonlar O‘zbekiston bozoridagi mavjud vaziyat yuzasidan fikr almashishdi, shuningdek, O‘zbekiston va Rossiya tadbirkorlari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun umumiy asoslar topildi.
Biznes-klubning navbatdagi yig‘ilishi 2024-yilning may oyida tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Top-10 stran s samoy visokoy doley inostrannix investitsiy v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.09.2023
O‘zbekistonga eng ko‘p sarmoya kiritayotgan top-10 ta davlat
Yangiliklar lentasi
0