Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga jo‘nab ketdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.11.2023
Obuna bo‘lish
Prezident hududlar iqtisodiyoti, muhim ijtimoiy dasturlar ijrosi bilan tanishadi.
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga jo‘nab ketdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
"Tashrif dasturi keng ko‘lamli. Iqtisodiy yo‘nalishda gazni qayta ishlash, gidroenergetika, charm sanoati, qishloq xo‘jaligi, tadbirkorlik loyihalari ko‘zdan kechiriladi", — deyiladi xabarda.
Ijtimoiy sohalarda ichimlik suvi ta’minoti, mahalla tizimi, sog‘liqni saqlash, yoshlar masalalariga e’tibor qaratiladi.
Ma’lumot uchun, Statistika agentligiga ko‘ra, 1-oktabr holatiga Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan oilaviy korxonalar soni 3 965 taga teng. Viloyatda ikki mingdan oshiq qurilish korxonalari faoliyat olib bormoqda. Yanvar-avgust oyida 2 444 ta yangi korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilgan.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning mart oyida Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurgan edi. Unda Mirziyoyev ishtirokida oltita yangi korxona ishga tushirildi.
Yangiliklar lentasi
0