O‘zbekistonda ichimlik va oqova suv uchun yangi tariflar joriy etildi – qayerda ko‘proq to‘lashadi

Obuna bo‘lish
Xorazm viloyati aholisi ichimlik suvi uchun eng ko‘p pul to‘laydi. Oqova suv xizmatlari uchun esa eng yuqori narx Samarqand viloyati aholisiga to‘g‘ri keladi.
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Xorazm viloyati aholisi ichimlik suvi uchun eng ko‘p pul to‘laydi. Oqova suv xizmatlari uchun esa eng yuqori narx Samarqand viloyati aholisiga to‘g‘ri keladi.
Eng qimmat ichimlik suvi ta’minoti xizmatlari Toshkent viloyatining ulgurji korxonalari va budjet tashkilotlari uchun bo‘ladi. Qashqadaryo viloyati ulgurji korxonalari va Samarqand viloyati budjet tashkilotlari uchun oqova suv xizmatlari eng qimmat hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, suv resurslarining taqchilligi va samarasiz foydalanilishi oqibatida Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari har yili 2 milliard dollargacha zarar ko‘rmoqda. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu yil sentabr oyida Dushanbeda bo‘lib o‘tgan Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischilari davlat rahbarlarining sammitida Markaziy Osiyoda suv tanqisligi muammosi keskin va qaytarilmas holga kelgani va bundan keyin ham faqat yomonlashishini ma’lum qildi.
Shuningdek, u 2040-yilga borib Markaziy Osiyoning ayrim hududlarida suv resurslariga bosim uch baravar ko‘payishiga olib keladigan ekspert prognozlarini ham aytib o‘tdi. O‘zbekiston rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Markaziy Osiyoda suv va ekologik vaziyatning yomonlashuvi oqibatlaridan ko‘rilgan iqtisodiy zarar mintaqa yalpi mahsulotining 11 foizini tashkil qilishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0