Ozarbayjon AQSh vakillarining yuqori darajadagi tashrifini bekor qildi

© Sputnik / Ilham MustafaFlag Azerbaydjana
Flag Azerbaydjana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.11.2023
Obuna bo‘lish
AQSh Ozarbayjon—Armaniston mojarosini yangi bosqichga chiqarmoqchi. "Endi munosabatlar hech qachon avvalgidek bo‘lmaydi", —dedi AQSh rasmiysi.
TOShKENT, 16 noya – Sputnik. AQShning Ozarbayjon vakillarining Vashingtonga tashrifini bekor qilishiga javoban Boku AQSh vakillari tashriflarini bekor qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

"Munosabatlar bir tomonlama bo‘lishi mumkin emas. Ozarbayjon tomonidan ham xuddi shunday yondashuv qo‘llaniladi. Bunday sharoitda biz AQSh vakillarining Ozarbayjonga yuqori darajadagi tashriflarini ham nomaqbul deb bilamiz", - deya ta’kidlanadi Ozarbayjon TIV bayonotida

Chorshanba kuni AQSh davlat kotibining Yevropa va Yevroosiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi Jeyms O'Brayen Boku va Yerevan o‘rtasida tinchlik o‘rnatishda muvaffaqiyatga erishilmagani sababli Qo‘shma Shtatlar Ozarbayjon vakillarining bir qator oliy darajadagi tashriflarini bekor qilganini ma’lum qilgan edi.
Ozarbayjon TIV AQShning ushbu qadamini keskin qoralab, Vashingtonning vositachilik rolini shubha ostiga qo‘ygan edi.
"Qo‘shma Shtatlarning bir tomonlama yondashuvi ularning vositachi rolini yo‘qotishiga olib kelishi mumkin. Shuni ta’kidlash kerakki, bunday sharoitda biz 2023-yil 20-noyabrda Vashingtonda Ozarbayjon va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirlari darajasida uchrashuv o‘tkazishni mumkin emas deb hisoblaymiz”, — deyiladi Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi xabarida.
Nagorniy Karabax - Sputnik O‘zbekiston
Tog‘li Qorbog‘ mojarosi

2023 yil 19-sentabrda Ozarbayjon Qorabog‘da harbiy operatsiya boshladi, uning maqsadi — Qorabog‘ning barcha tan olinmagan boshqaruv organlarini tarqatib yuborish edi.

Yerevan bu harakatlarini bosqinchilik sifatida baholab, Qorabog‘da arman bo‘linmalari yo‘qligini aytdi. Bir kun o‘tgach, Rossiya tinchlikparvar kuchlari vositachiligida o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishuvga erishildi, sulh shartlari orasida, xususan, arman tuzilmalarini qurolsizlantirish belgilandi.

Shundan so‘ng Qorabog‘ va Boku vakillari o‘rtasida mintaqani respublika tarkibiga qo‘shishga bag‘ishlangan bir necha muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini tiklaganini aytdi.

Tog‘li Qorabog‘ bundan 35-yil avval Ozarbayjon SSR tarkibidan chiqqanini e’lon qilgan va 1992-1994 yillardagi Ozarbayjon bilan qurolli to‘qnashuvdan so‘ng uzoq yillar tan olinmagan respublika edi. Tog‘li Qorabog‘ respublikasi ma’muriyati 2024-yil 1-yanvarda o‘z faoliyatini rasman yakunlaganini e’lon qildi.

Tog‘li Qorabog‘ aholisiga, jumladan, undan tashqarisida bo‘lganlarga Ozarbayjon taqdim etadigan reintegratsiya shartlari bilan tanishib chiqish taklif qilinmoqda. Mintaqada qolish yoki qolmaslik to‘g‘risidagi qarorni har bir kishi mustaqil qabul qiladi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0