https://oz.sputniknews.uz/20231116/migratsiya-agentligi-qozogistonda-ishlayotgan-ozbekiston-fuqarolariga-murojaat-bilan-chiqdi-41034472.html
Migratsiya agentligi Qozog‘istonda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolariga murojaat bilan chiqdi
Migratsiya agentligi Qozog‘istonda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolariga murojaat bilan chiqdi
Sputnik O‘zbekiston
Ta’kidlanishicha, tarqalayotgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
2023-11-16T11:32+0500
2023-11-16T11:32+0500
2023-11-16T11:48+0500
migratsiya
migrantlar
o‘zbekiston
qozog‘iston
tashqi mehnat migratsiyasi agentligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/0c/26105146_0:53:995:612_1920x0_80_0_0_3b17b9743d92d205f4ea62c74240456c.jpg
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Qozog‘istonda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolariga murojaat bilan chiqdi. Qozog‘iston hukumatining 2022-yil 31-dekabrdagi 1146-sonli qaroriga asosan, O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘iston davlat chegarasini kesib o‘tgan kundan boshlab, 30 kungacha bo‘lib turishi mumkin. Ammo umumiy bo‘lish muddati 180 kalendar kuni davomida 90 kalendar kunidan ko‘p bo‘lmasligi kerak, ya’ni fuqaro uzluksiz 90 kalendar kunidan ortiq Qozog‘istonda bo‘lib turishi mumkin emas.Qozog‘istonga ishlash maqsadida borayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun 30 kun ichida ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini tuzgach, uni Xalqqa xizmat ko‘rsatish markazida ro‘yxatga kiritib, 3 oygacha bo‘lgan muddat uchun ishlash va yashash uchun ruxsatnoma olish yoki salohiyatli ish beruvchilar tomonidan kvota asosida ishga jalb qilish tartibi mavjud.
o‘zbekiston
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/0c/26105146_121:36:880:605_1920x0_80_0_0_112d7bb963500a3cab355431ef48223c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
migratsiya agentligi qozog‘istonda ishlayotgan o‘zbekiston fuqarolariga murojaat bilan chiqdi
migratsiya agentligi qozog‘istonda ishlayotgan o‘zbekiston fuqarolariga murojaat bilan chiqdi
Migratsiya agentligi Qozog‘istonda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolariga murojaat bilan chiqdi
11:32 16.11.2023 (yangilandi: 11:48 16.11.2023) Ta’kidlanishicha, tarqalayotgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Qozog‘istonda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolariga murojaat
bilan chiqdi. “So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda “Qozog‘istonda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan chet davlatlar fuqarolaridan joriy yil 10-noyabridan 21-noyabrigacha Qozog‘iston chegarasida hujjatlarsiz, ya’ni hujjati bo‘lmagan yoki migratsiya qonunchiligini buzgan fuqarolarning tark etishi so‘raldi” degan xabarlar Qozog‘iston hududida ishlab yurgan yurtdoshlarimiz o‘rtasida keng tarqalmoqda va tushunmovchiliklar yuzaga kelmoqda. Shu munosabat bilan, ushbu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilamiz”, - deyiladi xabarda.
Qozog‘iston hukumatining 2022-yil 31-dekabrdagi 1146-sonli qaroriga asosan, O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘iston davlat chegarasini kesib o‘tgan kundan boshlab, 30 kungacha bo‘lib turishi mumkin. Ammo umumiy bo‘lish muddati 180 kalendar kuni davomida 90 kalendar kunidan ko‘p bo‘lmasligi kerak, ya’ni fuqaro uzluksiz 90 kalendar kunidan ortiq Qozog‘istonda bo‘lib turishi mumkin emas.
Qozog‘istonga ishlash maqsadida borayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun 30 kun ichida ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini tuzgach, uni Xalqqa xizmat ko‘rsatish markazida ro‘yxatga kiritib, 3 oygacha bo‘lgan muddat uchun ishlash va yashash uchun ruxsatnoma olish yoki salohiyatli ish beruvchilar tomonidan kvota asosida ishga jalb qilish tartibi mavjud.