Bishkekda MDH Parlamentlararo assambleyasi uchrashuvi qanday o‘tdi— video

Obuna bo‘lish
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar Parlamentlararo Assambleyasining ellik oltinchi yalpi majlisi 15-17 noyabr kunlari bo‘lib o‘tmoqda.
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. MDHga a’zo davlatlar Parlamentlararo assambleyasi uchrashuvida ishtirok etish uchun Hamdo‘stlikning yetti davlatidan deputatlar Bishkekka yetib kelishdi.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar Parlamentlararo Assambleyasining ellik oltinchi yalpi majlisida O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva ham ishtirok etdi.
Majlisda Qirg‘iziston Jogorku Keneshning 85-yilligiga bag‘ishlandi anjuman ham bo‘lib o‘tdi. Qirg‘iziston SSR Oliy Kengashining birinchi chaqirig‘i 1938-yil oktabr oyida ish boshlagan edi.
Konferensiyaning asosiy qismida deputatlar hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar, shuningdek, Qirg‘izistonning MDHdagi raisligini yuqori baholadilar.
Tanzila Narbayeva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2023
Tanzila Narbayeva boshchiligidagi delegatsiya MDH PA 56-yalpi majlisida ishtirok etadi
Yangiliklar lentasi
0