Yevroosiyo tog‘ kurortlari alyansida yangi a’zo paydo bo‘ldi — tafsilotlar

© Yevraziyskiy alyans gornix kurortov Yevroosiyo tog‘ kurortlari alyansi matbuot anjumani
Yevroosiyo tog‘ kurortlari alyansi matbuot anjumani - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.11.2023
Obuna bo‘lish
Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan “Ipak yo‘lida turizm” TITF-2023 xalqaro yarmarkasi doirasida tegishli memorandum imzolandi.
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Ozarbayjonning “Shaxdag” tog‘ kurorti shu yilning iyun oyida O‘zbekistonning “Amirsoy”, Rossiyaning “Roza Xutor” va Qozog‘istonning “Shimbuloq” kurortlarini birlashtirgan alyansga qo‘shildi. Bu haqida Sputnik muxbiri xabar berdi.
“Ipak yo‘lida turizm” TITF-2023 xalqaro yarmarkasi doirasidagi matbuot anjumanida tegishli memorandumni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Ittifoqimizga yangi a’zoning kelishi alyans tomonidan ishlab chiqilayotgan davlatlararo sayyohlik yo‘nalishiga ajoyib qo‘shimcha bo‘ladi, – deydi “Amirsoy” tog‘ kurorti bosh direktori Saidvali Saidxo‘jayev. – Umuman olganda, biz o‘zaro hamkorlikdan manfaatdormiz, tajriba almashish muhim. Bularning barchasi turizm va mehmondo‘stlik sanoatida yangi yo‘nalishlarni ochib, ularni yangi bosqichga ko‘tarmoqda”.
Shuningdek, to‘rtta tog‘ kurortlari vakillari kelgusi yil uchun turli tadbirlarning umumiy taqvimini e’lon qilishdi. Shuningdek, alyansning barcha dam olish maskanlarida yagona Ski Pass (obuna) joriy etish imkoniyatlari haqida gapirib, ixtisoslashgan kadrlar tayyorlash uchun alyansning korporativ universitetini yaratish rejalari bilan o‘rtoqlashishdi.
© Yevraziyskiy alyans gornix kurortov Yevroosiyo tog‘ kurortlari alyansi matbuot anjumani
Press-konferensiya Yevraziyskogo alyansa gornix kurortov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.11.2023
Yevroosiyo tog‘ kurortlari alyansi matbuot anjumani

“2023 yilda mamlakatlarimiz o‘rtasida sayyohlar oqimining barqaror o‘sishi xalqaro hamkorlik muvaffaqiyatlar garovi ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi. Hozirda to‘rtta kurort tomonidan ishlab chiqilayotgan Yevroosiyo ittifoqi keyingi o‘n yillikda va uzoq muddatda Yevroosiyo qit’asida tog‘ turizmini barqaror rivojlantirish uchun strategik imkoniyatlar yaratadi”, — deya qayd etdi "Rosa Xutor" kurorti bosh direktorining o‘rinbosari Sergey Xvorostaniy.

Alyansning Rossiyadan kelgan vakillari tajriba uzluksizligi haqida gapirar ekan, O‘zbekistonni ajratib turadigan o‘ziga xos bag‘rikenglik va samimiylik muhitini alohida ta’kidladlashdi.

“Men O‘zbekistonga bir necha bor tashrif buyurganman va aynan mana shu jihatni alohida ta’kidlashni istardim, buni e’tiborga olish kerak. Masalan, bir kunlik sayyohlar "Amirsoy" tog‘ kurortiga ko‘pincha bir necha marta kelishadi, ya’ni ular bu yerda munosib xizmat ko‘rsatishni tashkil etishga muvaffaq bo‘lishgan. Bu kabi jihatlar, albatta, qabul qilinishi mumkin va qabul qilinishi kerak”, — dedi Xvorostaniy.

Uchrashuv doirasida ular 2024-yilning mart oyida Sochining Adler tumanidagi “Roza Xutor” tog‘-chang‘i kurortida bo‘lib o‘tadigan birinchi keng ko‘lamli tog‘ kurortlari festivali haqida ham ma’lum qilishdi.
Ushbu festival sayohat formatiga ega bo‘ladi va alyans vakillarining so‘zlariga ko‘ra, 2025-yilda ishtirokchi davlatlarning qaysi biri mezbonlik qilishi haqida yaqin vaqt ichida qaror qabul qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0