Ukrainada aholi soni hech qachon avvalgidek bo‘lmaydi — mutaxassis

© AFP 2023 / Vasily MaximovVid na ulitsu Kreshatik v Kiyeve, Ukraina
Vid na ulitsu Kreshatik v Kiyeve, Ukraina - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2023
Obuna bo‘lish
So‘nggi 10-yilda Ukraina aholisi ikki baravar qisqardi va avvalgi ko‘rsatgichlarga yetish imkonsiz tuyulmoqda, deydi demografiya bo‘yicha mutaxassis.
TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Ukraina yaqin o‘n yil ichida demografik halokatga duchor bo‘ladi, dedi M.V.Ptuxa nomidagi Demografiya va ijtimoiy tadqiqotlar instituti direktori Ella Libanova, RIA Novosti xabariga asosan.
"Bu yomon bo‘ladi. Hech kim tasavvur qila olmaydigan darajada yomonroq. Biz 2033-yil uchun, o‘n yil uchun prognozni 26 milliondan 35 milliongacha o‘zgartirdik <…>. Bu 1991-yilgi ko‘rsatgichlar. Hammasi yomon, juda yomon", — dedi Libanova.
Uning fikricha, aholi sonini avvalgi 45 million kishiga qaytarish haqida gap bo‘lishi mumkin emas. Buning sabablari sifatida mutaxassis salbiy demografik dinamika, migratsiya, aholining qarishi va “erta o‘lim" ko‘rsatkichlarining yuqoriligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina sobiq bosh vaziri Nikolay Azarov mamlakat aholisi soni 23 million kishiga kamayganini ma’lum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0