O‘zbekiston Belarus bilan hamkorlikda golubika yetishtirishga kelishib oldi

© Sputnik / Mikhail Golenkov / Mediabankka o‘tishGolubika, arxivnoe foto
Golubika, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2023
Obuna bo‘lish
Toshkentda Belarus-O‘zbekiston ishchi guruhining to‘rtinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 15 noya — Sputnik. O‘zbekiston Belarus bilan hamkorlikda golubika yetishtirishga kelishib oldi. Bu haqida Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.
Toshkentda Belarus-O‘zbekiston ishchi guruhining to‘rtinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda ikki davlat o‘rtasida yetkazib beriladigan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari turlarini kengaytirish, go‘sht va sut mahsulotlarini qayta ishlash, chorvachilik va veterinariya, qishloq xo‘jaligi fanlari sohasida hamkorlikni rivojlantirishning yangi bosqichlari yuzasidan fikr almashdi.
© Ministerstvo selskogo xozaystva respubliki Uzbekistan. Toshkentda Belarus-O‘zbekiston ishchi guruhining to‘rtinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
V Tashkente sostoyalos chetvertoe zasedanie rabochey gruppi Belarus-Uzbekistan. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2023
Toshkentda Belarus-O‘zbekiston ishchi guruhining to‘rtinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
“Uchrashuvda “Yagodka” fermer xo‘jaligida “in-vitro” usulida yetishtirilgan golubika ko‘chatlarining elita navlaridan foydalangan holda, O‘zbekiston hududida golubika yetishtirish bo‘yicha eksperimental ko‘rgazmali maydon yaratish loyihasi kelishib olindi”, deyiladi xabarda.
Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro yetkazib beriladigan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari turlarini kengaytirish, samarali va konstruktiv hamkorlikning amaliy jihatlarini kelishib oldi.
Golubika bugungi kunda dunyo bozoridagi eng qimmat rezavor hisoblanadi. Mutaxassislarning fikricha, mazkur rezavorni yetishtirish hajmini oshirish O‘zbekiston iqtisodiyotiga faqat foyda olib keladi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyatidagi 10 gektar yer maydonida jahon bozoridagi eng qimmat reza meva golubika yetishtirilmoqda. Ularni Xitoy, Gonkong, Singapur, Malayziya, Vyetnamga eksport qilish mumkin.
Ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari o‘smoqda, o‘tgan yilda uning xajmi 42 foizga oshdi. Oliy darajadagi muzokaralar davomida hukumatlar zimmasiga yaqin yillarda tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yilgan.
Yangiliklar lentasi
0