Laziz Kudratov Ozarbayjon prezidenti bilan uchrashdi — muhokama etilgan masalalar

© Ministerstvo investitsiy, promishlennosti i torgovli Respubliki UzbekistanVizit Laziza Kudratova v Azerbaydjan
Vizit Laziza Kudratova v Azerbaydjan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2023
Obuna bo‘lish
Suhbat chog‘ida sarmoyaviy hamkorlik, sanoat kooperatsiyasi va o‘zaro savdo yo‘nalishlaridagi ikki tomonlama ko‘p qirrali hamkorlikning ijobiy dinamikasi qayd etildi.
TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev kecha, 14-noyabr kuni, Boku shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratovni qabul qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat chog‘ida sarmoyaviy hamkorlik, sanoat kooperatsiyasi va o‘zaro savdo yo‘nalishlaridagi ikki tomonlama ko‘p qirrali hamkorlikning ijobiy sur’ati qayd etildi.
Energetika, yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarish, to‘qimachilik sanoati va mashinasozlik sohalarida hamkorlikni kengaytirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi.
O‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan hamkorlik dasturlarini tayyorlash, hududlar forumi hamda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi Hukumatlararo komissiya yig‘ilishini o‘tkazish bo‘yicha takliflar qo‘llab-quvvatlandi.
Laziz Kudratov Bokuga tashrifi doirasida O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston tegishli vazirlarining elektr energiyasi ishlab chiqarish va eksport qilish masalalariga bag‘ishlangan uch tomonlama uchrashuvida ishtirok etdi.
© Ministerstvo investitsiy, promishlennosti i torgovli Respubliki UzbekistanVizit Laziza Kudratova v Azerbaydjan
Vizit Laziza Kudratova v Azerbaydjan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2023
Muqobil manbalardan ishlab chiqarilgan elektr energiyasini mintaqa davlatlari hududlari orqali uchinchi davlatlarning yirik iste’molchilariga o‘tkazishni tashkil etish loyihasini amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Tomonlar normativ-huquqiy bazani shakllantirishning asosiy shartlarini, loyihaning texnik-iqtisodiy samaradorligining konseptual parametrlarini tahlil qildi va uni amalga oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqdi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov, shuningdek, Ozarbayjon iqtisodiyot vaziri Mikail Jabborov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
© Ministerstvo investitsiy, promishlennosti i torgovli Respubliki UzbekistanVizit Laziza Kudratova v Azerbaydjan
Vizit Laziza Kudratova v Azerbaydjan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2023
Uchrashuvda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini yiliga 1 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha vazifalar ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston-Ozarbayjon investitsiya kompaniyasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi rejalashtirilgan istiqbolli investitsiya loyihalari sonini ko‘paytirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Suv tozalash inshootlari, turizm obyektlarini qurish, metall buyumlar va maishiy texnika, tibbiy asbob-uskunalar va buyumlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, to‘qimachilik klasterini tashkil qilish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning bosqichma-bosqich rejalari ishlab chiqildi.
Yangiliklar lentasi
0