https://oz.sputniknews.uz/20231114/toshkent-uy-mayning-kripto-aktivlar-40980019.html
Toshkentda o‘z uyiga mayning kripto-aktivlari qurilmalarini o‘rnatgan shaxs aniqlandi
Toshkentda o‘z uyiga mayning kripto-aktivlari qurilmalarini o‘rnatgan shaxs aniqlandi
Sputnik O‘zbekiston
Olmazor tumanida yashovchi fuqaro o‘z uyida 94 ta to‘plamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmasini elektr tarmog‘iga ulab olgani aniqlandi.
2023-11-14T07:50+0500
2023-11-14T07:50+0500
2023-11-14T07:50+0500
jamiyat
o‘zbekiston
toshkent
prokuratura
mayning
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/16/38084962_0:146:3124:1903_1920x0_80_0_0_2238868f74d6aaa035ef2e92ad5030c6.jpg
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Toshkent shahrida mayning kripto-aktivlari qurilmalarini o‘rnatgan shaxs aniqlandi. Bu haqida Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.Qayd etilishicha, Olmazor tumanida yashovchi fuqaro Sh.P. o‘z uyida 94 ta to‘plamdagi qo‘lbola usulda yasalgan mayning kripto-aktivlari qurilmasini elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab olgan.Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.Eslatib o‘tamiz, shu yilning oktabr oyida O‘zbekiston hududida mayning faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish hamda faoliyatni tashkil etish tartibi belgilangan edi. Unga ko‘ra, mayning faqat yuridik shaxs tomonidan quyosh fotoelektr stansiyalari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan foydalangan holda amalga oshiriladi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/16/38084962_197:0:2928:2048_1920x0_80_0_0_5aa6cf6669914475449a47e85fcc66b9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent mayning kripto-aktivlari qurilmalar
toshkent mayning kripto-aktivlari qurilmalar
Toshkentda o‘z uyiga mayning kripto-aktivlari qurilmalarini o‘rnatgan shaxs aniqlandi
Olmazor tumanida yashovchi fuqaro o‘z uyida 94 ta to‘plamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmasini elektr tarmog‘iga ulab olgani aniqlandi.
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Toshkent shahrida mayning kripto-aktivlari qurilmalarini o‘rnatgan shaxs aniqlandi. Bu haqida Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
xabar berdi. Qayd etilishicha, Olmazor tumanida yashovchi fuqaro Sh.P. o‘z uyida 94 ta to‘plamdagi qo‘lbola usulda yasalgan mayning kripto-aktivlari qurilmasini elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab olgan.
“Jami 540 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan”, — deyiladi xabarda.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning oktabr oyida O‘zbekiston hududida mayning faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish hamda faoliyatni tashkil etish tartibi belgilangan edi. Unga ko‘ra, mayning faqat yuridik shaxs tomonidan quyosh fotoelektr stansiyalari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan foydalangan holda amalga oshiriladi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar
bundan mustasno.