https://oz.sputniknews.uz/20231114/ozbekistonga-kaluga-viloyati-biznesmenlari-delegatsiyasi-keladi-40987802.html
O‘zbekistonga Kaluga viloyati biznesmenlari delegatsiyasi keladi
O‘zbekistonga Kaluga viloyati biznesmenlari delegatsiyasi keladi
Sputnik O‘zbekiston
Biznes delegatsiyaning tashrifi joriy yilning 21-24 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
2023-11-14T11:38+0500
2023-11-14T11:38+0500
2023-11-14T14:09+0500
o‘zbekiston - rossiya
biznes
savdo
tashrif
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/0f/19243677_0:0:3073:1728_1920x0_80_0_0_f804fd3a4e9cb1933240e4ed531ae584.jpg
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Rossiyaning Kaluga viloyatining oziq-ovqat sanoati, metall konstruksiyalari, vibropresslar ishlab chiqarish va sanoatning turli yo‘nalishlarida loyihalash bo‘yicha faoliyat yuritayotgan tadbirkorlari O‘zbekistonga biznes missiyasi bilan keladi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakolatxonasi xabar berdi.Delegatsiya tarkibiga hududdagi to‘rtta yetakchi korxona kiradi:Biznes delegatsiyaning tashrifi joriy yilning 21-24 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.Eslatib o‘tamiz, 15-noyabr kuni Rossiya Federatsiyasining Arxangelsk viloyati gubernatori Aleksandr Sibulskiy boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/0f/19243677_127:0:2858:2048_1920x0_80_0_0_86f2ea3126959ea4d779771149d28435.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekistonga kaluga viloyati biznesmenlari delegatsiyasi keladi
o‘zbekistonga kaluga viloyati biznesmenlari delegatsiyasi keladi
O‘zbekistonga Kaluga viloyati biznesmenlari delegatsiyasi keladi
11:38 14.11.2023 (yangilandi: 14:09 14.11.2023) Biznes delegatsiyaning tashrifi joriy yilning 21-24 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Rossiyaning Kaluga viloyatining oziq-ovqat sanoati, metall konstruksiyalari, vibropresslar ishlab chiqarish va sanoatning turli yo‘nalishlarida loyihalash bo‘yicha faoliyat yuritayotgan tadbirkorlari O‘zbekistonga biznes missiyasi bilan keladi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakolatxonasi
xabar berdi. Delegatsiya tarkibiga hududdagi to‘rtta yetakchi korxona kiradi:
"Partnyor M" AJ - oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, shu jumladan, vegan mahsulotlar sohasi uchun;
"ETEK" MChJ - plastmassa buyumlari, metall konstruksiyalar, maxsus uskunalar, shu jumladan suv ta’minoti va kanalizatsiya uchun uskunalar ishlab chiqarish;
"KZMI SNAB" MChJ - palletli invertorlar, gidravlik ko‘tarish stollari, vibropresslar va konveyer uskunalari ishlab chiqarish;
"Obninsk Stal Proyekt" MChJ - turli sanoat tarmoqlarida loyihalash.
Biznes delegatsiyaning tashrifi joriy yilning 21-24 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, 15-noyabr kuni Rossiya Federatsiyasining Arxangelsk viloyati gubernatori Aleksandr Sibulskiy boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga
keladi.