https://oz.sputniknews.uz/20231114/ozbekiston-va-turkiya-magistraturada-kadrlar-tayyorlash-boyicha-hamkorlik-qiladi-40992248.html
O‘zbekiston va Turkiya magistraturada kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik qiladi
O‘zbekiston va Turkiya magistraturada kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik qiladi
Sputnik O‘zbekiston
Anjuman doirasida ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida 50 dan ortiq bitimlar imzolanishi kutilmoqda.
2023-11-14T14:14+0500
2023-11-14T14:14+0500
2023-11-14T14:26+0500
jamiyat
o‘zbekiston
turkiya
hamkorlik
ta’lim
forum
samarqand
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/0e/40992403_0:14:1280:734_1920x0_80_0_0_e68ba10924a7190fa1ff76f7f5477add.jpg
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Samarqand shahrida ikkinchi O‘zbekiston-Turkiya ta’lim forumi o‘tkazilmoqda. Unda O‘zbekistonning 50 tadan ortiq, Turkiyaning 40 ta universiteti vakillari ishtirok etmoqda, deya xabar berdi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati. Forum ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish imkoniyatlarini kengaytirish, talabalar almashinuvi dasturlari, qo‘shma ilmiy loyihalar va boshqa strategik yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, global istiqbolni ta’minlash uchun imkoniyat yaratish kabi mavzularga bag‘ishlangan.O‘zA xabariga ko‘ra, ikkinchi O‘zbekiston-Turkiya ta’lim forumida ishtirok etish uchun Turkiya Oliy ta’lim kengashi raisi Erol O‘zvar boshchiligidagi delegatsiya ham tashrif buyurgan. Delegatsiya tarkibida Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi Olgan Bekar, Ege universiteti rektor Nejdet Budak, Istanbul texnika universiteti rektori Ismail Koyunju va yana 40 dan ortiq Turkiya universiteti vakillari bor.Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston-Turkiya oliy ta’lim muassasalari rektorlarining birinchi forumi 2022-yil 9-10 iyun kunlari Turkiyaning Izmir shahrida tashkil etilgan. Mazkur forum yakunlari bo‘yicha ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida 45 ta hamkorlik shartnomalari imzolangan.
o‘zbekiston
turkiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/0e/40992403_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_e37eeb494d77b2af75576471c132df93.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston va turkiya magistraturada kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik qiladi
o‘zbekiston va turkiya magistraturada kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik qiladi
O‘zbekiston va Turkiya magistraturada kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik qiladi
14:14 14.11.2023 (yangilandi: 14:26 14.11.2023) Anjuman doirasida ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida 50 dan ortiq bitimlar imzolanishi kutilmoqda.
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Samarqand shahrida ikkinchi O‘zbekiston-Turkiya ta’lim forumi o‘tkazilmoqda. Unda O‘zbekistonning 50 tadan ortiq, Turkiyaning 40 ta universiteti vakillari ishtirok etmoqda, deya
xabar berdi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati.
Forum ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish imkoniyatlarini kengaytirish, talabalar almashinuvi dasturlari, qo‘shma ilmiy loyihalar va boshqa strategik yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, global istiqbolni ta’minlash uchun imkoniyat yaratish kabi mavzularga bag‘ishlangan.
O‘zA xabariga ko‘ra, ikkinchi O‘zbekiston-Turkiya ta’lim forumida ishtirok etish uchun Turkiya Oliy ta’lim kengashi raisi Erol O‘zvar boshchiligidagi delegatsiya ham tashrif buyurgan. Delegatsiya tarkibida Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi Olgan Bekar, Ege universiteti rektor Nejdet Budak, Istanbul texnika universiteti rektori Ismail Koyunju va yana 40 dan ortiq Turkiya universiteti vakillari bor.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, anjuman doirasida muhandislik-texnika ta’lim yo‘nalishlarini ustuvor sifatida ilgari surish, magistratura va doktoranturada kadrlar tayyorlash, professor-o‘qituvchilarning malaka oshirishi va stajirovka dasturlarini tashkil etish bo‘yicha ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida 50 tadan ortiq bitimlar imzolanishi kutilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston-Turkiya oliy ta’lim muassasalari rektorlarining birinchi forumi 2022-yil 9-10 iyun kunlari Turkiyaning Izmir shahrida tashkil etilgan. Mazkur forum yakunlari bo‘yicha ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida 45 ta hamkorlik shartnomalari imzolangan.